$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ota-ona bolasiga diniy ta’limni uyida bersin”

Diniy ta

Qonunchilik palatasida qabul qilingan bolalarga noqonuniy diniy ta’limni oldini olish haqidagi qonunga bir necha faollar, Parlament deputatlari, jumladan, Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev fikr bildirib o‘tdi.

Yangi qonun muhokamasi

Kuni kecha Senatda “Ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, bu bilan bolalarni noqonuniy diniy ta’limga jalb qilganlik uchun jazo choralari belgilandi. Bu esa turli platformalarda muhokama mavzusiga aylandi hamda turli bloger, diniy ulamolar va deputatlar qonun haqida fikrini bildirdi.

Oxirgi 5 yilda 9 mingdan ortiq bola “hujra” ta’limini olgan

Ushbu qonun haqida gapirar ekan, Senat Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Oxirgi 5 yilda 9 705 nafar bola “hujra”da ta’lim olganligini eslab o‘tdi. “Aksariyat hollarda ota-onalar o‘z bolalarini diniy ta’lim berish huquqi bo‘lmagan tashkilot yoki shaxs ixtiyoriga bir necha oyga qarovsiz tashlab ketishi kuzatilmoqda. Bu orada bola to‘laqonli shaxs sifatida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhitdan uzilib qolmoqda. Ayrim hollarda esa, bola to‘g‘ridan to‘g‘ri jismoniy, jinsiy psixologik tajovuzga uchrayotganligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi”, - deya qonun qabul qilinishi sababini tushuntirdi, deputat. Shuningdek, u bolalarga o‘z ota-onasi diniy ta’lim bera olishini, farzandini tarbiyalash huquqi daxlsiz ekanligini ham qo‘shib qo‘ydi.

“Tanganing ikkinchi tomoni” – qonunga qarshi chiqqan tomonlar

Muhokamada bir nechta deputatlar, xususan O‘ktam Islomov norozilik, ushbu qonun hujjatiga ehtiyoj yo‘qligini aytgan. Yana bir Senat a’zosi Doniyor G‘aniyev esa ushbu qonun uyda farzandiga noprofessional tarzda diniy ta’lim bergan ota-onalarni ham jazolovchi hujjat bo‘lib qolmasligi lozimligini ta’kidlagan. Undan tashqari, “Hasanboy” jome masjidi imomi Hasanxon Yahyo Abdulmajid qonunning mantiqsiz ekanligi, qonunshunoslar oyligi halol bo‘lishi uchun qonun xalqqa xizmat qilishi kabi keskin fikrlarni bildirgan.