Bolani noqonuniy ravishda diniy ta’limga jalb qilganlik uchun endi jazo bor
Ushbu qonun hujjati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Ushbu qonun hujjati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi.
Bir o‘qishda ma’qullandi
Senatning navbatdagi majlisida, bir necha qonun loyihalari, jumladan, “Ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham qabul qilishdi. Ushbu qonun bir o‘qib eshittirishdayoq ma’qullandi.
Qonun mazmuni
Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Buning uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga bir necha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Yangi 47-modda
Ushbu moddaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat: ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini tayinlash belgilanadi.
Litsenziyasiz diniy ta’limga jalb etish taqiqlanadi
Endilikda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalar qonun bilan tasdiqlanmagan, jumladan ruxsati bo‘lmagan va litsenziyasi yo‘q diniy tashkilotlarga yoki O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’lim berayotgan shaxslarga bolalarni o‘qishga jalb qilsa, yuqoridagi modda asosida javobgarlikka tortiladi.



