Qanday qilib ipoteka to‘lovini kamaytirish va yuz million so‘mgacha tejash mumkin?
Yuqori foiz stavkasida ipoteka kreditini to‘layotgan o‘zbekistonliklar kreditni qayta moliyalashtirish orqali oylik moliyaviy yukini kamaytirishi mumkin. Agrobank boshqa bankdagi ipoteka kreditini yillik 21,5 foizdan boshlanadigan “Arzon” dasturiga o‘tkazishni taklif qilmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Ipoteka kreditidan qancha tejash mumkin?
Masalan, 1 mlrd so‘m miqdorida, yillik 29,99 foiz stavkada 12 yilga ipoteka krediti olgan fuqaroning oylik to‘lovi 25,73 mln so‘mni tashkil etadi.
Shunday qilib, har oy taxminan 5,84 mln so‘m tejaladi. Qolgan 118 oylik to‘lov davrida esa bu farq qariyb 689 mln so‘mni tashkil etadi.
Ushbu mablag‘larni boshqa yirik xarajatlarga, jumladan, ko‘chmas mulk xaridiga yo‘naltirish mumkin. Biroq tejaladigan summa amaldagi kredit shartlari va qayta moliyalashtirish parametrlariga bog‘liq.
Ipoteka kreditini qanday shartlarda qayta moliyalashtirish mumkin?
Agrobank boshqa banklarda rasmiylashtirilgan amaldagi ipoteka kreditlarini “Arzon” dasturi orqali qayta moliyalashtirishni taklif qilmoqda.
Dasturning asosiy shartlari:
Foiz stavkasi — yillik 21,5 foizdan;
Kredit muddati — 20 yilgacha;
Boshlang‘ich to‘lov — talab etilmaydi;
Toshkent shahrida kreditning maksimal miqdori — 1 mlrd so‘mgacha;
Hududlarda kreditning maksimal miqdori — 550 mln so‘mgacha.
Dastur qarz oluvchilarga amaldagi ipoteka shartlarini qayta ko‘rib chiqish va oylik to‘lovlarini kamaytirish imkonini berishi mumkin.
Qayta moliyalashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Yangi kredit rasmiylashtirilishidan oldin nafaqat oylik to‘lovlarni, balki butun muddat davomida to‘lanadigan jami summani ham taqqoslash kerak. Ipoteka muddati uzaytirilsa, oylik to‘lov kamayganiga qaramay, foizlar uchun umumiy xarajat ortishi mumkin.
Yakuniy shartlar va tejaladigan mablag‘ miqdori qolgan qarz, kredit muddati hamda tasdiqlangan foiz stavkasiga bog‘liq.
Ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish shartlari haqida batafsil ma’lumotni Agrobankning rasmiy saytidan olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida



