$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Qozog‘iston va Rossiyaning ulushi kamaymoqda

Pul Пул

2024 yilning 1-choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 8,6 foizga o‘sib, 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Markaziy bank raisiga ko‘ra, pul o‘tkazmalari tarkibida Rossiyaning ulushi kamayib boryapti.

8,6 foizga o‘sdi

Joriy yil 1-choragida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi oshdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“1-chorakda pul o‘tkazmalari 2,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda Qozog‘iston va Rossiyaning ulushi 84 foizgacha pasaydi, Rossiyaning ulushi 68 foizgacha pasaydi. Pul o‘tkazmalari o‘tgan yil birinchi chorakka nisbatan 8,6 foizga o‘sdi”, – dedi regulyator rahbari.

Boshqa davlatlar ulushi oshmoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonga 11,4 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu – anomal o‘sish kuzatilgan 2022-yilga nisbatan 33 foizga kam, 2021-yilga nisbatan esa qariyb 42 foizga ko‘p. O‘tgan yili umumiy pul o‘tkazmalari 33 foizga kamaygan bo‘lsa, Rossiyadan o‘tkazmalar 39 foizga qisqargan. O‘z navbatida, boshqa davlatlardan keladigan pul o‘tkazmalari 15 foizga oshgan.

Prognozlar ijobiy

MBning fevral oyidagi prognoziga ko‘ra, 2024-yilda transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6-8 foiz atrofida o‘sishi kutilyapti.

“Pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yilda xorijdagi ishchi kuchiga yuqori talab natijasida 6-8 foiz atrofida o‘sishi mumkin. Joriy yilda pul o‘tkazmalarining kirib kelishi bo‘yicha ijobiy kutilmalar, iqtisodiyotdagi ish haqi miqdorlarining oshib borishi aholi daromadlari real o‘sishining 5-7 foiz atrofida shakllanishiga xizmat qiladi”, – deyilgan Markaziy bank sharhida.