$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorijiy moliya institutlaridan olingan mablag‘lar maqsadli sarflanyaptimi?

Pul Foto: Daryo

Joriy yilda kredit qiymati 15,5 mlrd. dollarlik 114 ta loyihada 3,0 mlrd. dollar o‘zlashtirish prognozi belgilandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ogulnur Atayeva maʼlum qildi.

Ushbu mablag‘larning o‘zlashtirilishi natijasida 355 km. avtomobil yo‘llari, 475 km. ichimlik suv tarmog‘i, 110 km. oqova suv tarmog‘i, 8 ta suv taqsimlash inshooti quriladi, 150 km. kanallar qayta tiklanadi, 428 ta gidroinshootlar va 140 ta nasos stansiyalar modernizatsiya qilinadi hamda 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar xarid qilinadi.

Mablagʻlar qaysi sohalarga yoʻnaltirildi?

Joriy yilning yanvar–sentabr oylari yakuni bo‘yicha Xalqaro moliya institutlarining, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini o‘zlashtirish 2 270,4 mln. dollarni tashkil qildi. 

Ushbu mablag‘lar asosan energetika (518,8 mln. dollar), kommunal xo‘jaligi (402,3 mln. dollar), qishloq va suv xo‘jaligi (360,1 mln. dollar), transport infratuzilmasi (281,2 mln. dollar), iqtisodiy-moliyaviy sektor (158,0 mln. dollar), sog‘liqni saqlash (73,0 mln. dollar), axborot kommunikatsiya texnologiyalariga (55,9 mln. dollar), ta’lim (25,2 mln. dollar) va neftgaz va kimyo sanoati (16,1 mln. dollar) sohalariga yo‘naltirildi.

Issiqlik elektr markazlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar

Hisobot davrida Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 64 MVt. bo‘lgan 2 ta gaz-turbina qurilmalari qurildi. Andijon va Buxoro shaharlarida umumiy quvvati 130 MVt. bo‘lgan 4 ta yangi isitish qozonlari va Samarqand shahrida 89 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatildi.

644 km. ichimlik suv, 117 km. oqova suv va 6,5 km. issiqlik tarmoqlari, 5 ta suv taqsimlash inshooti va 185 km avtomobil yo‘llari qurildi hamda 44 km kanallar qayta tiklandi.

Loyihalar doirasida qanday muammolar aniqlandi?

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan loyihalar doirasida aniqlangan muammolar bartaraf etib borilmoqda. Suv xo‘jaligi vazirligining 2 ta loyihasida Turkmaniston Respublikasiga pudratchi tashkilotning 12 nafar ishchi xodimlariga vizalarni olishda, Iqtisodiyot va moliya vazirligidan pudratchiga 15,5 mlrd. so‘m avans mablag‘larini o‘tkazilishida yordam berildi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2 ta loyihasida 43,5 mlrd. so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda, 21,3 ming dona daraxt va butalarni ko‘chirish uchun ruxsatnomalar olishda, pudratchilarga inert materiallarni tashish uchun kunlik 200 ta vagonlar ajratilishida, O‘zsuvta’minotning 2 ta loyihasida 3,3 ga yer maydonni ajratish uchun Toshkent va Buxoro viloyatlari hokimlarining qarorini qabul qilinishida amaliy yordam berildi.

Теги :
Iqtisodiyot