$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoga ko‘proq mis kerak

Mis

Bugungi dunyoda mis qayta ishlansa ham, ayni talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmaydigan darajaga yetib kelgan. Uning yagona muqobili - bugungidan ham ko‘proq mis qazib olish. 

Mis haqida

"Bloomberg" xabar berishicha, energiya va transport tizimlarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga aylantirish uchun hozirda uni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yetkazib berishga tayyor bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq mis kerak bo‘ladi. Mis kumushdan keyin eng o‘tkazuvchan metalldir. Qimmat bo‘lsa-da, alyuminiy kabi arzonroq muqobillardan foydalanish samaradorlikni pasaytiradi. O‘rtacha avtomobilda taxminan 29 kg. mis, oddiy uyda esa 181 kg.dan ortiq mis mavjud.

Yagona muqobil — avvalgidan ham ko‘proq mis qazib olish

"Copper Alliance", ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar benzin bilan ishlaydigan avtomobillarga qaraganda ikki barobar ko‘proq mis iste’mol qiladi. Ko‘proq mis qayta ishlansa ham, bu talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmaydi, shuning uchun yagona muqobil - undan ham ko‘proq mis qazib olish. "Goldman Sachs Group Inc" hisob-kitoblariga ko‘ra, sanoat kelgusi o‘n yil ichida 8 million tonna prognoz qilingan yillik yetkazib berish tanqisligi bilan kurashish uchun 150 milliard dollar sarflashi kerak. "Trafigura Group i BlackRock Inc" ma’lumotlariga ko‘ra, bunday xarajatlarni boshlash uchun tog‘-kon kompaniyalari narxlar rekord darajaga ko‘tarilishi kerak.