$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya aholisining 4,2 foizini migrantlar tashkil qilmoqda

migrant

Rossiyada 1-sentyabr holatiga ko‘ra, qariyb 6,2 million chet el fuqarosi migratsiya organlarida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bir yilda 2 milliondan ortiq kamayish

Mamlakatda bo‘lib turgan va ma’lumotlari migratsiya axborot tizimiga kiritilgan chet el fuqarolarining soni 6 174 777 nafarga yetgan. Bu Rossiya aholisining taxminan 4,2 foizini tashkil qiladi. 

Ichki ishlar vazirligi bu ko‘rsatkich, boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar qatori, dasturiy-texnik vositalar yordamida olingani, statistik ma’lumotlar obyektiv ekanini ta’kidladi. 2023-yilda Rossiyada 8,5 milliondan ortiq kishi migratsiya hisobiga olingan, degan edi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova.

Noqonuniy muhojirlarga nimalar mumkin emas?

Shuningdek, noqonuniy muhojirlar uylanishi, bank xizmatlaridan foydalanishi, avtomobil haydashi, mulkini ro‘yxatdan o‘tkazishi va bolalarni bog‘cha, maktablarga rasmiylashtirishi mumkin emas. Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorov buning uchun reyest ishga tushirilishini aytdi.

Теги :
Жамият