Samarqandda issiqlik va boshqaruv korxonalarining qarzlari MIB tomonidan undirib berildi
Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan hududda 19 ta ishchi guruh tuzilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

MIB Samarqand viloyatida issiqlik va boshqaruv servis korxonalarining qarzlarini undirib berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
BSKning fuqarolarda 12,9 mlrd. so‘m undiruvi mavjud
Ma’lum qilinishicha, boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) hamda issiqlik ta’minoti korxonasi foydasiga amalda undiruv tadbirlarini yanada jadallashtirish maqsadida, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan, boshqarma hamda Samarqand shahar bo‘limi xodimlaridan iborat 19 ta guruhlar tuzilib, aniq vazifalar bilan undiruvga jalb qilindi.
Shu bugunga qadar, Byuroning organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida BSKlar foydasiga undiruv bilan bog‘liq 12,9 mlrd. so‘mlik 13 129 ta ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 6,7 mlrd. so‘mlik 8 785 ta hujjatlar ijrosi ta’minlandi.
Shuning bilan birga, 1,6 mlrd. so‘mlik 997 ta ijro hujjati bo‘yicha undiruv qarzdorlarning oylik ish haqi va boshqa daromadlariga qaratilgan.
Undiruv ishlari davom etmoqda
Qolgan 6,2 mlrd. so‘mlik 4 349 ta ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MIB Surxondaryo viloyatida 458 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. Jarayonda 236 nafar fuqarolar topilib, ijro harakatlari olib borilayotgan edi.



