$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryoda 115 nafar alimentdan qarzdor ota qidirilmoqda

Aliment

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasining qidiruv shu’basi tomonidan qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklarini qidirib topish yuzasidan ekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarzdorlar chetga chiqib ketgan

Ma’lum qilinishicha, hududiy bo‘limlar tomonidan 458 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, joriy yilda 236 nafar qarzdor fuqarolar topilgan va ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochilariga topshirilgan.

Hozirda qidiruv e’lon qilingan aliment to‘lovchi qarzdorlarning 115 nafari sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan avval chet davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar asosida so‘rovnomalar yuborilgan.

Qidiruvda yuridik shaxslarning avtotransportlari ham bor

Shuning bilan birga, birgina joriy yilning sentyabr oyida sud va boshqa organlarning ijro hujjatlariga asosan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan 239 ta avtotransport vositalariga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 85 ta avtomashinalar xatlovga olindi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi.

“Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.