$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Gaz narxining yana 2 oy koʻtarilmasligi ayrim zapravkalarga tegishli emasmi?

Metan

Ijtimoiy tarmoqlarda vodiy viloyatlarida metanning narxi 3800 dan hisoblangani aks etgan xabarlar tarqaldi. Vaholanki, kecha "metan" gaz uchun eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilgandi. 

Eng baland chakana narx amal qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173-sonli qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirildi.

1 kub metr 3 350 soʻm

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilandi.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Qonunbuzarlik boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda ertalab “metan zapravka”larda gaz narxi 3800 so‘mga ko‘tarilgani haqida shikoyatlar ko‘paygan. Maʼlumotlarga qaraganda, vodiydagi metan zapravkalar 1-apreldan 3800 so‘mdan gaz sotishayotgani aytilmoqda.

Jarqoʻrgʻondagi zapravka

Metan narxi oshmasligi aytilganiga qaramay Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanidagi zapravkalarda ham gazni 3 800 dan pullayotganlar uchrayapti. Metan narxining oshmasligi haqidagi qaror viloyatlarga yetib bormagan koʻrinadi.

Xoʻsh, hukumat bunga qachon va qanday chora koʻradi?