$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka”dan gapiramiz”: Metan narxi oshadi, benzinniki ham(mi?)

Metan

1-apreldan o‘tgan yili 1-oktyabrda kuchga kirgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan gaz narxi 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha belgilangan hukumat moratoriysi muddati tugaydi.

Qaror oʻz kuchini yoʻqotadi

2023-yil sentyabrda qabul qilingan hukumat qarori bilan, 6 oy davomida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan gaz narxi 3 250 so‘mdan oshib ketmasligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan edi. 1-apreldan bu muddat yakuniga yetib, chakana narx oshishi mumkin.

Vazirlik narxlar koʻtarilishiga aralasha olmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Toshkentdagi ayrim gaz to‘ldirish shoxobchalarida 1-apreldan metan gaz narxi 1 metr kub gaz narxi 3 800 so‘m bo‘lishi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar 1-apreldan tadbirkorlarning narxni oshirish yoki oshirmasligiga aralash olmaydi.

Narx koʻtarilishiga sabab

Narxlarga qoʻyilgan cheklovlarning tugashi metan gaz uchun aksizning oshish vaqtiga ham to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, zapravkalarning kuz-qish mavsumida yo‘qotgan daromadlarini qoplashga intilishlari ham yangi narxlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababdan ham 1-apreldan metan gaz narxi 3 800 so‘m bo‘lishi haqidagi e’lonlarga hayron bo‘lmasak ham boʻlaveradi.

16,6 foizga arzonlashgan dizel

2024-yil 12-fevral kungi selektorda birja savdolariga qo‘yilayotgan dizel yoqilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirish topshirig‘i berilgan edi.

 Topshiriq deyarli bajarildi. 13-fevral kungi birja savdolarida dizel yoqilg‘isi tonnasi 6-fevral kungi o‘rtacha narxga nisbatan 16,6%ga arzonlashib, 11 092,5 ming so‘mgacha arzonlashgan edi. Ammo..

15 foizga "pasaytirilgan" dizel yog‘ilg‘isi 24 foizdan ko‘pga qimmatlashdi

Fevral oyi yakunlanmasdan dizel yoqilg‘isining narxlari oshishni boshlagan va bu haliyam davom etmoqda. 26-mart kungi savdolarda 1 tonna dizel yoqilg‘isining narxi 13 835,3 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Ya’ni, bajarilishi uchun arzonlashtirilgan benzin, 24,7% ga qimmatroq, narxlar arzonlashishishidan avvalgiga qaraganda ham 8% gacha qimmatroq darajaga chiqdi.

Munosabat

Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikriga koʻra, may oyiga mo‘ljallangan tariflarning oshirilishi kutilmalari metan zapravkalardagi narxlarga ta’sir o‘tkazishda yana davom etadi. U bu narxlar oshishi oxirgisi bo‘lmasligini taʼkidladi. Bakirov yana bozor monopoliyasi haqida ham shunday fikr bildirgan:

"2023-yil oktyabridan metan narxining o‘rtacha 2 800 so‘mdan 3 250 so‘mgacha oshgani monopollashgan benzin bozorida ham narxlarning oshishiga olib kelgandi.

Bu safar ham shunday jarayon takrorlanishi, o‘zi qimmat bo‘lgan benzinning yanada qimmatlashishi ehtimoli yo‘q emas. Chunki bozorni egallab olgan monopolist va oligarxlar har qanday vaziyatda va har qanday bahona bilan narxlarni oshirib olishga urinishadi.”


Теги :
Jamiyat
Avto
Iqtisodiyot