$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Metan “zapravka”lar faoliyati cheklanishi mumkin

Газ заправкаларнинг иш вақти яна чекланди

“Hududgaztaʼminot” AJ yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda AGTKSHlar ish grafigiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Birinchi oʻrinda aholi ta’minlanadi

Unga koʻra, Oʻzgidromet ma’lumotlariga asoslangan holda 16–18-fevral kunlari mamlakat boʻylab havo haroratining keskin pasayishi va joylarda harorat kunduzi 3–8 daraja, kechasi 11–16 darajagacha sovuq boʻlishi kutilayotgan ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash choralari koʻrilishini maʼlum qilgan. “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida Respublika boʻyicha 262 ta avariya brigadalarini shay holatga keltirgan.

Ogohlantirishlar

Shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ havo harorati pasaygan davrda isteʼmolchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligi, shuningdek, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qoʻlbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib oʻtgan.

AGTKSHlar cheklanishi mumkin 

Tashkilot sovuq kunlarda gaz isteʼmolining ortishi munosabati bilan, AGTKSHlarda navbatlar va noqulayliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ haydovchilardan oʻz avtomobillarini yonilgʻi bilan taʼminlab olishlarini soʻragan. Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha AGTKSHlar 24 soatlik rejimda faoliyat yuritayotgani, biroq yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ularning ish grafigiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligi ma’lum qilingan.