Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +9°

Futboldagi vaqtim ko‘p qolmaganini yaxshi anglab turibman — Lionel Messi

Futbol yulduzi Lionel Messi jurnalist va insayder Fabritsio Romanoga intervyu berdi. Suhbat davomida futbolchi MLSdagi faoliyati, JCh-2026 haqidagi rejalari va boshqa ko‘plab mavzulardagi fikrlarini ma’lum qilgan. Quyida biz o‘z ta’birimizga ko‘ra, ular ichidagi eng e’tiborga moliklarini taqdim qilamiz.

3 daqiqa o‘qiladi

Futboldagi vaqtim ko‘p qolmaganini yaxshi anglab turibman — Lionel Messi

Futbol yulduzi Lionel Messi jurnalist va insayder Fabritsio Romanoga intervyu berdi. Suhbat davomida futbolchi MLSdagi faoliyati, JCH-2026 haqidagi rejalari va boshqa ko‘plab mavzulardagi fikrlarini ma’lum qilgan. Quyida biz o‘z ta’birimizga ko‘ra, ular ichidagi eng e’tiborga moliklarini taqdim qilamiz. 

Romano: - Sening maydondagi unutilmas lahzalaringga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Undan tashqarida esa seni u qadar yaxshi bilmaymiz...

Messi: - Odamlar bilan juda ko‘p qiziqarli holatlar bo‘lib turadi, ba’zida ular aqldan ozar holatga kelishadi. Men argentinalikman va bizning odamlar juda ehtirosga boy, kim bilandir salomlashish va suratga tushish uchun har qanday ishni qilishga tayyor. Bilishimcha, Italiyada ham shunday, to‘g‘rimi?! Aniq bir vaziyatlarni aytib berishim qiyin, lekin juda ko‘p ko‘chalarda ham juda ko‘p voqealarga duch kelaman.

Romano: - O‘yinlardan avval yengillashish uchun qandaydir mashg‘uloting bormi?

Messi: - Menga kiyim almashtirish xonasida musiqa eshitib o‘tirish yoqadi. O‘yinlardan avval, kunning qaysi vaqtiligiga qarab, mate (Lotin Amerikasida mashhur ichimlik) ichishni yoqtiraman. Ammo hech qanday o‘ziga xos, qolganlardan ajralib turadigan ish qilmayman.

Romano: - Qanday taomlarni yoqtirasan?

Messi: - Menga muzqaymoqlar juda yoqadi. O‘zimni juda ham taomsevar deya olmayman, lekin dessertlar jonu-dilim.

Romano: - Bilamizki, superqahramonlarning harakatlari bilan gollaringni nishonlab turasan. Leo Messi, imkoni bo‘lganda, qaysi superkuchga ega bo‘lishni xohlardi?

Messi: - Ux, qiyin tanlov. Menimcha, ko‘rinmas bo‘lib qolish. Uchish ham bo‘lishi mumkin. Kel, ko‘rinmas bo‘lishni tanlay qolay.

Romano: - Kel, endi biroz milliy jamoa va jahon chempionati haqida gaplashamiz. Leo, 2026 yilgi mundialida o‘ynaysanmi?

Messi: - Bilmasam. Mendan ko‘pchilik bu haqida doim so‘rashadi. Hozir mana shu mavsumni yaxshi tugatib olish haqida o‘ylayapman. Keyin esa yaxshi mavsumoldi tayyorgarlik qilishni xohlayman. Joriy mavsum oldidan bunga imkonim bo‘lmadi, chunki safarlarimiz ko‘p edi. O‘sha vaqtdagi holatga qaraymiz. Futboldagi vaqtim ko‘p qolmaganini yaxshi anglab turibman. Bu dunyoda ko‘p narsalar kutilmaganda sodir bo‘ladi. Uzoqdagi kelajak haqida o‘ylamay kunma-kun yashab borishni afzal ko‘raman.

Romano: - Faoliyatingdagi keyingi qadam qaysi bo‘ladi, murabbiy bo‘lishni istaysanmi yoki boshqacha rejalaring bormi?

Messi: - Ochig‘i, bilmayman, hozir nimadir deyishim qiyin. Lekin murabbiy bo‘lishni xohlamayman. Lekin kelgusida nima bilan shug‘ullanishim mumkinligi haqida ham aniq gap ayta olmayman. Bugun faqat hozirgi lahza bilan yashashni, futbol o‘ynash, mashg‘ulot o‘tkazish va bu davrlarni mamnuniyat bilan yashashni o‘ylayapman.

Romano: - Leo, so‘nggi savol. Seni qanday eslashlarini xohlarding? Yaxshi oilaning yaxshi otasi debmi? G‘alabalarga to‘ymaydigan kuchli futbolchi? Yoki Rosariodan chiqib, dunyoni zabt etgan oddiy bolakay sifatidami?

Messi: - Bilmayman, odamlar meni qanday xohlasa, shunday eslab qoladi. O‘tkazgan faoliyatim uchun Yaratgandan minnatdorman. Men omadli insonman: eng katta orzum — Jahon Kubogini yutishga erishdim, «Barselona» bilan barcha sovrinlarni yutdim va juda chiroyli oilam bor. Shunday ekan, odamlar meni istaganlaricha eslab qolishlari mumkin.