$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda har 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha 57 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda

positive

Oʻzbekistonda 14 yilda 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan avtomobil soni 2,5 baravardan koʻproqqa oʻsgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.

Har 100 ta uy xoʻjaligiga 57 ta yengil avtomobil

2024-yil yanvar–sentyabr oylarida oʻtkazilgan uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha 57 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda. 

Maʼlumot uchun, 2010-yilda har 100 ta uy xoʻjaligiga 21 ta; 2015-yilda – 42 ta; 2020-yilda – 49 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelgan.

Toshkent havosini eng koʻp ifloslovchi – avtomobillar 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida 638,8 mingdan ortiq transport vositasi mavjud ekani haqida xabar bergan edik. Unga qoʻshimcha ravishda bir kunda poytaxtga oʻrtacha 150 mingdan 300 mingggacha transport vositasi kirib keladi. 

Toshkent shahrida transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2021-yilda 212,4 ming tonna, 2022-yilda esa 403 ming tonnani tashkil etgan, yaʼni zararli tashlamalar 190,6 ming tonnaga (47,3 %) koʻpaygan.

Теги :
Jamiyat