$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston o‘rtacha maoshlar reytingida 98 mamlakat ichida 76-o‘rinni egalladi

Pul

O‘zbekiston o‘rtacha maoshlar reytingida dunyoda 76-o‘rinni egalladi. Reyting Numbeo statistik platformasi ekspertlari tomonidan tuzildi.

Reyting so‘nggi 12 oydagi maoshlar (soliq to‘lagandan so‘ng) ma’lumotlari asosida tuzildi. Statistika uchun yetarlicha respondentlar so‘rovda qatnashgan 98 mamlakat ushbu ro‘yxatga kirdi. Numbeo ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bir oylik ish haqi o‘rtacha 438 dollarni tashkil etmoqda.

Sobiq ittifoq doirasida 

Sobiq ittifoq doirasida Boltiqbo‘yi mamlakatlarida o‘rtacha maoshlar eng yuqori: 33-o‘rindagi Estoniyada — 1 630 dollar, 39-o‘rindagi Litvada — 1 411 dollar, 41-o‘rindagi Latviyada — 1 219 dollar.

Bu mintaqaning qolgan davlatlari reytingda quyidagicha joylashdi: Armaniston (64-o‘rin) — $604, Moldova (65) — $602, Qozog‘iston (67) — $582, Rossiya (68) — $558, Belarus (69) — $519, Ozarbayjon (75) — $439, Ukraina (81) — $394.

TOP 5

Dunyoda o‘rtacha maoshlar eng yuqori mamlakatlar (top-5):

  1. Shvetsariya — 7 187 dollar;
  2. Lyuksemburg — 6 030 dollar;
  3. AQSh — 4 540 dollar;
  4. Singapur — 4 489 dollar;
  5. Qatar — 4 201 dollar.
Теги :
Жамият