$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi maktab o‘quvchilarining bilimi sun’iy intellekt orqali baholanadi

maktab

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda o‘quvchilarning bilimlari sun’iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi.

Matematika va tabiiy fanlar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin.

Moslashuvchan platforma

Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi. O‘qituvchilar ham platforma orqali o‘quvchilarga topshiriqlar beradilar va natijalarni monitoring qilishlari mumkin.

Ushbu platformadan barcha maktab o‘quvchilari foydalanishlari va natijalarni tahlil qilishlari mumkin. Buning uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Topshiriqlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

Теги :
Jamiyat