$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktablardan mahrum bolalar

Bola

UNESCO xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda boshlang'ich maktab yoshidagi maktabga bormagan bolalarning taxminiy soni dunyo miqyosida 70 millon nafarni tashkil qilgan. Ularning eng katta qismi janubiy Afrika hissasiga to‘g‘ri keladi (37,49 million).

Mintaqalar miqyosidagi vaziyat

Markaziy va Janubiy Osiyoda 14,91 million bola maktabda o‘qish imkoniyatidan mahrum, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa 7,98 million bola ta’limdan uzilgan. Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyoda 6,34 millionta bola, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida esa 2,17 million bola bu muammoga duch kelmoqda. Hatto Yevropa va Shimoliy Amerika kabi rivojlangan mintaqalarda ham 1,39 million bola maktabda o‘qish imkoniyatiga ega emas. 

Bolalrning yo‘lini to‘suvchi omillar

Dunyo miqyosida bolalarning maktabga bormaslik sabablari juda ko‘p va ular turli omillarga bog‘liq. Ushbu omillar sirasiga iqtisodiy muammolar, geografik to‘siqlar, mojarolar va harbiy nizolar, jinsga bog‘liq to‘siqlar, infratuzilmaning yetishmasligi, sog‘liq va nogironlik, ijtimoiy me’yorlar hamda qadriyatlar va hokoazolarni keltirishimiz mumkin. 

Tanlab bo‘lmas taqdir

Achinarlisi, bolalar bunday sharoit va muhitni tug‘ilmasliklaridan oldin tanlay olishmaydi. Masalan, kambag‘allik oilaviy sharoitlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida ko‘p bolalar ishlashga majbur bo‘lib, ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi va sanoatda bolalar mehnatidan foydalaniladigan joylarda bu holat yanada kuchaygan. Ayrim mintaqalarda esa maktablar uzoq yoki yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda joylashgan. Shu sababli, bolalar uzoq masofalarni bosib o‘tish yoki xavfli yo‘llarda yurishni xohlamaydi. Yana ba’zi joylarda, janglar yoki siyosiy mojarolar mavjud bo‘lgan hududlarda bolalar xavfsizlik sababli maktabga bormaydi. Maktablar vayron qilinadi yoki ta’lim tizimi buziladi. 

Nosog‘lom muhit

Bundan tashqari, ko‘p mamlakatlarda qiz bolalarning ta’lim olish imkoniyatlari o‘g‘il bolalarnikidan past. Qiz bolalarni erta turmushga berish yoki uy ishlariga jalb qilish ularning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladi. Yana ba’zi jamiyatlarda ta’limga nisbatan salbiy munosabat yoki bolalarni an’anaviy tarbiyalashga urg‘u berish maktabga bormaslikning sababi bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat