$
 11797.46
22.54
 13608.37
20.11
 139.77
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Makka shahriga qilingan hujumga urinishni qoraladi

Makka

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podshohligining muqaddas Makka shahriga dron orqali hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.

Vazirlik bayonotida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to‘liq birdamligini bildirgani qayd etilgan. Shuningdek, muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid tug‘diradigan har qanday harakatlar nomaqbul ekani ta’kidlangan.

O‘zbekiston xalqaro huquq normalarini eslatib o‘tdi

O‘zbekiston tomoni barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik ko‘rsatishga va xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligi qayd etildi.

Tashqi ishlar vazirligi keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Теги :
Jamiyat