$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Mahalla nomini o‘zgartirishda aholining roziligi olinishi kerakmi?

mahalla

So‘ngi vaqtlarda ko‘plab mahalla va qishloq nomlari o‘zgartirilmoqda. Bu holat ko‘pincha aksariyat viloyatlarda ko‘cha, mahalla va tumanlarning nomlari o‘xshashligi bilan izohlanadi. Darhaqiqat, bir shahar yoki unga yaqin aholi punktlarida ko‘cha va mahalla nomlarining takrorlanishi quyidagilar kabi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi:

  • chalkashlik: odamlar aniq manzillarni topishda qiynaladi;
  • tez yordam, o‘t o‘chirish xizmatlari va ichki ishlar xodimlarining voqea joyiga tezda yetib borishlari qiyinlashadi;
  • yetkazib berish xizmatlari: kuryerlar uchun to’g‘ri manzilni topish murakkablashadi;
  • iqtisodiy yo‘qotishlar: mijozlar korxonalar manzilini topa olmasliklari mumkin, bu esa korxonalar uchun ma’lum yo‘qotishlarga olib keladi;
  • huquqiy va ma’muriy qiyinchiliklar: manzillardagi takrorlanuvchi nomlar mulkka egalik qilish bog‘liq bo‘lgan va huquqiy muammolarni murakkablashtiradi.


Shu holatlarni inobatga olib, mahalla va ko‘cha nomlarini o‘zgartirishga qarshi chiqib bo‘lmaydi, albbatta. Ammo paydo bo‘layotgan savol shuki, ushbu jarayonda aholining roziligi qanchalik ahamiyat kasb etadi? Ushbu savolga Yurist xizmati telegram kanali javob berdi.

Qununchilikda nima deyilgan?

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, qishloqlar(ma’muriy-hududiy birliklar) geografik obyektlar hisoblanadi. Qonunning 4 prim 1-moddasiga muvofiq, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Jarayon qanday kechadi?

Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan o‘z fikrini og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib bildirishi mumkin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chog‘ida bu fikrlarni hisobga oladi.

Fikr inobatga olinmasachi?

Shunga binoan, nom o‘zgartirilayotganda mahalliy aholining fikrini e’tiborga olinishi bu zaruriy shart hisoblanadi. Agarda mahhalliy aholining fikri inobatga olinmasa, ushbu holat yuzasidan adliya bo‘limiga, yoxud bosh prokuraturaga arz qilishingiz kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga muvofiq, ma’muriy sudlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko’rib chiqadi.

Shunga ko‘ra mahallaning nomi aholining fikrini inobatga olinmasdan chiqarilgan bo‘lsa, ushbu qaror belgilangan tartibga, ya’ni, qonunchilikka zid chiqarilgan bo’ladi va sud tomonidan bekor qilinadi.

Теги :
Jamiyat