$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimlarga kommunal xizmatlar to'lovi uchun kompensatsiya beriladi?

kommunal

Kommunal xizmatlar: ichimlik suv, elektr-energiyasi, chiqindi narxlari bir muncha qimmatladi. Avvallari arzimagan summani tashkil qiladigan bu to'lovlar endilikda oila byudjetining anchaginasini sarf qilmoqda. O'zi kommunal xizmatlar uchun yurtimizda biror imtiyoz yoki imkoniyat bormi? Kimlarga kompensatsiyalar to'lab beriladi? Bu kabi savollarga Pensiya jamg'armasi matbuot xizmati javob berdi. 

BHMning 45 foizi miqdorida kompensatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010-yil 30-dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, quyidagi shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (hozirgi kunda 372 ming so‘m)ning 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi:

1. 1941 – 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.

3. Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar.

4. Fashist konslagerlarining sobiq voyaga еtmagan mahbuslari.

5. Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar.

6. Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

7. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.

8. Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar.

Qachondan beriladi?

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.