$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda tug‘ilib Amerika bozorini zabt etgan o‘zbek millioneri

Yakob Arabov

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Yakob Arabov o‘zining jozibali va hashamatli buyumlari orqali Amerika zargarlik brendlari yangi to‘lqinidagi zargarlarning yetakchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. U Gollivud yulduzlarini o‘zining doimiy mijozlariga aylantirib, ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi.

Yakob Arabovning bolaligi

Yakob Arabov yoki Jeykob Arabo nomi bilan tanilgan hamyurtimiz 1965-yilning 3-iyunida Toshkentda, Buxoro yahudiylari oilasida tug‘ilgan. 1979-yilda, 14 yoshida oilasi bilan birga Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan. U yerda o‘rta maktabni tark etib, olti oylik zargarlik kurslarini tamomlagan va 17 yoshida o‘zining zargarlik dizaynlarini yarata boshlagan. Uning birinchi yasagan ishi – misdan yasalgan quti eng yaxshi dizayn tanlovida sovrinni qo‘lga kiritdi. Kursni rekord vaqt ichida tugatgan yigit tezda universal do‘konlar uchun ommaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan mahalliy yahudiylar zargarlik fabrikasiga ishga joylashadi.

Ilk jiddiy qadamlar

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtlari u haftasiga 125 dollar maosh olish uchun 18 yoshda ekanligini aytib, yolg‘on gapirgan. To‘qqiz oydan keyin Yakob haftasiga 1 500 dollar ishlab olardi, lekin o‘z biznesini boshlash uchun bu yerdan ketadi. Keyinchalik yosh zargar 8 000 dollar evaziga u Manxettenda kichik zargarlik fabrikasini sotib oladi (voyaga yetmagan yigit o‘rniga hujjatlar qarindoshi tomonidan imzolangan). Yigit yana uch yil boshqa kompaniyalar foydasiga ishlaydi, ularning buyurtmasiga binoan zargarlik buyumlari dizaynini ishlab chiqib, ularni yasab beradi. 

Самые шикарные покупки боксера Флойда Мейвезера (15 картинок) ⚡ Фаник.ру

“Oltin baliqcha”

1986-yilda Jeykob o‘zining “Diamond Quasar” va “Jacob & Co” brendini ro‘yxatdan o‘tkazadi va o‘z do‘konini ochadi. Yakob Arabov aynan o‘sha payt ism-sharifini o‘zgartirib, Jeykob Araboga aylanadi. Kunlarning birida Jeykobning do‘koniga qo‘shiqchi Feyt Evans kirib kelib, uning hayotidagi “oltin baliqcha”siga aylandi. 1993-yilda u birinchi marta “Jacob & Co” butikiga kiradi. 5 million dollarlik brilliant uzuk uni shunchalik hayratda qoldirdiki, Evans darhol uni sotib olishga qaror qiladi. "Men allaqachon o‘z narsalarimni sportchilarga sotardim, mijozlarim orasida bir necha NBA yulduzlari bor edi, lekin musiqachilar bilan unchalik aloqa qilmagandim", deya eslaydi Arabo. Feyt Evans ikkinchi marta reper Biggi Smoll bilan birga keladi, u esa ortidan butun "otryad"ni boshlab keladi. “Musiqachilar shunday odam: agar ularga yoqib qolsangiz, darhol siz haqingizda barcha do‘stlariga gapira boshlaydi, siz haqingizda qo‘shiqlar kuylay boshlaydi... Hozirgi kunda men 50 ta qo‘shiqning qahramoniga aylanganman”, de Jeykob.

Burilish nuqtasi

Bir necha yil oldin zargar Arabo soatlar bozori qanchalik tez o‘sib borayotganini payqadi. Mamlakatda tez orada brend ostidagi zargarlik buyumlari kabi yorqin va provokatsion soatlar paydo bo‘ldi. "Mijozlarim mendan o‘zgacha narsa yasashni so‘rashardi, men har qanday zargarlik buyumlarini yasashga qodir edim, lekin agar shunday qilganimda, dunyo bu ajoyib soatlarni ko‘rmay qolardi. Shunda men hech narsaga o‘xshamaydigan soatlarni yasashga qaror qildim, soatlar g‘oya va dizaynini o‘ylab topdim: ular na​​faqat vaqtni bilish uchun, balki ajoyib bezalgan ham bo‘lishi kerak edi. Endilikda mexanizmlarni ham o‘zimiz ishlab chiqaryapmiz – Shveysariyada soat ishlab chiqaruvchi zavod sotib oldik", deya eslaydi u.

Cristiano Ronaldo receives $119,000 Jacob & Co. watch at Saudi store  opening - Culture

Raqobatchilar e’tirofi

Ko‘pgina nom chiqargan zargarlar “Jacob & Co” asoschisini juda tez martabaga erishganini ta’kidlashadi, chunki ushbu brend atigi o‘n besh yil ichida mijozlar tomonidan kuchli e’tirofga sazovor bo‘ladi va zargarlik buyumlari elitasining cho‘qqisiga chiqadi. Hozir ham odamlar “Jacob & Co” haqida gapirishadi, ayniqsa, brend asoschisining xalqaro qonunlarga amal qilmasligi haqida turli gap-so‘zlar yangrab turadi. U esa o‘ziga xos mutlaqo hayratlanarli, ko‘zni qamashtiruvchi, go‘zal, Gollivud uslubidagi yorqin, jonli, ajoyib bezaklar yaratib, ijod qilishdan to‘xtamaydi.

"Oyning qorong‘u tomoni"

Ba’zi manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, millioner 2006-yilda 270 million dollarlik narkotik savdosi daromadlarini yuvishda ayblanib hibsga olinadi. 2008-yilda u hujjatlarni soxtalashtirish va yolg‘on bayonot berishda aybini tan oladi va 2,5-yillik qamoq jazosiga mahkum qilinadi, shuningdek, 50 000 dollar jarima va 2 million dollar miqdorida davlatga tovon to‘lashga majbur qilinadi.

Теги :
Jamiyat