$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Havo ifloslanishi sabab poytaxtda yiliga 3 000 kishi vafot etmoqda

Chang

Jahon banki tomonidan hozirlangan “Toshkent shahrida havo sifatini baholash va O‘zbekistonda havo sifati boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” nomli hisobotda Toshkentda PM2,5-mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga o‘rtacha 3 042 kishi bevaqt vafot etayotgani qayd etildi. Unga ko‘ra, o‘lim holatlarining aksari insult (33 foiz), yurak ishemik kasalligi (28 foiz) va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (23 foiz) bilan bog‘liq.

Iqtisodiy zarar

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda PM2,5 zarrachalarining konsentratsiyasi JSST tavsiya etgan darajadan 6 baravar yuqori bo‘lib, bu ham aholi salomatligiga, ham poytaxt iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda. O‘zbekiston poytaxtida atmosfera havosining PM2,5 ifloslanishi bilan bog‘liq o‘rtacha yillik iqtisodiy xarajatlar 488,4 million dollar deb baholangan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,7 foizi degani.

83 foizi aholi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi

Ekspertlar PM2,5 zarrachalari bilan antropogen ifloslanishning asosiy manbalari sifatida shamol olib kelgan chang (36 foiz), isitish sektori (29 foiz), transport (16 foiz), yengil sanoat (7 foiz), og‘ir sanoat (6 foiz), shahar changi (6 foiz) va chiqindilarni yoqish (1 foiz) kabilarni ko‘rsatishgan. Hisobotga ko‘ra, Toshkent aholisining 83 foizi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi. Hujjatda havo sifatini boshqarish mexanizmini milliy darajada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Теги :
Jamiyat