Chorshanba, 25-noyabr, 2026
Havo 106 sezgirlar uchun zararli Tirbandlik xaritasi
🌤 +19° kechasi +5°

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi

Ozod Oxunov “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egalladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi

U 2024-yil 20-maydan buyon ushbu tashkilot boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bahodir Jo‘rayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga rahbar bo‘ldi

2023-yil iyulidan buyon “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Jo‘rayev 25-noyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Avval “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga rahbarlik qilgan Abdumalik Nazirov esa energetika vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Shuningdek, Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Otabek Amanov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.