$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Qish bilan “kurash” mavsumi: “5 kunlik 8 °C” sovetlar sarqiti(mi?)

Isitish

Sovuq mavsumning kirib kelishi bilan Toshkent shahri aholisi orasida isitish tizimi qachon ishga tushishi haqida savollar ko‘paymoqda. Ayni damda mavjud qoidalarga ko‘ra, isitish mavsumi tashqi havoning o‘rtacha harorati besh kun davomida 8°C dan past bo‘lganidan so‘ng ishga tushiriladi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, bunday tartib asosan sovet davridan qolgan, o‘sha davrning iqlimiy va iqtisodiy sharoitlariga moslab ishlab chiqilgan edi. Bugungi kunda esa ushbu qoida xalq ehtiyojlariga qanchalik javob berayotgani so‘roq ostida.

Gidrometeorologiyaning ob-havo ma’lumotlariga asoslanib

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yildagi qaroriga ko‘ra, kommunal xizmatlar, jumladan, isitish ta’minoti ham “8 °C qoidasi” asosida tartibga solinadi. Bu esa sovuq tushgan ilk kunlarda, hattoki tungi haroratlar manfiy bo‘lishiga qaramay, rasmiy “5 kunlik” me’yor bajarilmagan taqdirda, isitishni yoqishni kechiktirishga sabab bo‘ladi. Rasmiylarga ko‘ra, Toshkent shahridagi isitish tizimi Gidrometeorologiya xizmati agentligining ob-havo ma’lumotlariga asoslangan holda yoqiladi.

So‘nggi yillardagi tajribalar

Oxirgi bir necha yilga nazar solsak, Toshkent shahrida isitish tizimi aynan xalq talabini hisobga olib yoqilgan. Masalan, 2021-yilda 14-oktyabrda, 2022-yilda 24-oktyabrda, va 2023-yilda 6-noyabrda isitish tizimi ishga tushirilgan bo‘lsa-da, bu davrlarda ob-havo rasmiy qoidalarga mos kelmas edi. Bu holat o‘ziga xos istisno bo‘lib, aholi ehtiyojlari va amaldagi sovuq kunlar sharoiti ko‘proq inobatga olinganini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, har yili “8 °C qoidasi”ning ko‘p yillik amaldagi o‘zgarishsiz qolayotgani va uning hayotiy talablarga mos kelishi muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Yangi yondashuv zarur

Bugungi kunda ob-havo o‘zgarishlari va qish mavsumining qattiqlashuvi inobatga olinsa, “8 °C qoidasi”ni qayta ko‘rib chiqish masalasi yanada dolzarb. Ayni paytda ayrim davlatlarda isitish tizimi aholi talabini inobatga olib yoqiladi, shuningdek, energiya va gaz importi kabi iqtisodiy omillar ham bu qarorlarga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, amaldagi qoidalarni zamonaviy ehtiyojlar asosida moslashtirish uchun yana bir bor qayta ko‘rib chiqish lozim.

Avvalroq, poytaxtda kunlar sovib ketishi ortidan ko‘p qavatli xonadonlarda yosh bolalar shamollab qolayotgani haqidagi jamoatchilik e’tirozlari haqida xabar bergan edik.