$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Yosh bolalarda shamollash avj olmoqda: Issiqlik ta’minoti qachon ishga tushadi?

isitish

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, joriy nam havo oqimlari ketidan kelayotgan hafta boshidagi antisiklon ta’siri joylarda tunlari havo haroratini respublikaning katta qismida nol darajagacha yaqinlashishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda. 29-oktyabrda Toshkent viloyati hududlarida tungi harorat -2 daraja sovuqqacha pasayishi ma’lum qilingan.

Havo harorati kamida 3 kun ketma-ket 8°C gradusdan past bo‘ladi

Prognozda keltirilishicha, kunduz kunidagi harorat rejimi ham poytaxtda +13 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ehtimol, kamida 3 kun orqama-ketin o‘rtacha sutkalik havo harorati 8°C dan past bo‘lishini anglatadi.

Antisiklon chekkasining bizning mintaqada 2,5 yoki 3,5 sutkagacha davom etishi inobatga olinsa, oyning so‘nggi kunlarigacha mintaqa sovishi oydinlashadi. Antisiklon sovug‘i ochiq havoda bu kishilarning suyak—suyagigacha sovitish omilini berib, tabiiyki, bu sovuq zahri ko‘p qavatli beton uylarni ham sezilarli muzlashiga olib keladi, deb yozmoqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

“Veolia Energy Tashkent”, poytaxtda issiqlik ta’minotiga qachon start beriladi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov fikricha, savol bundan-da kengroq qo‘yilishi kerak: “Qishki mavsum uchun va’da qilingan energetika tizimiga oid ssenariylar qachon e’lon qilinadi? Gaz zapravkalaridan issiqxonalargacha bo‘lgan tijoriy subyektlardan tortib, oddiy iste’molchilargacha qachon va qaysi holatlarda cheklovlar boshlanishini bilishga haqli. Biz xuddi avvalgi yillardagi kabi qishga tashvishli hadik va noma’lumlik bilan kirib bormoqdamiz”.

Eslatib otamiz, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8° C dan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°C dan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Ma’lumot uchun, Toshkentda 2021-yil 14-oktyabrdan, 2022-yil 24-oktyabrdan va 2023 yil-noyabrdan issiqlik ta’minoti uzatilish mavsumi boshlangan.