$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

indeks

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2024-yil iyul oyida 1160 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 16,0 foizga sezilarli darajada oshgan.

Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizlik o‘sish kuzatildi.

Komponentlar darajasida o‘zgarishlar

2024-yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 16,0 foizga ortib, 1160 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,9 foizga oshgan;

faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga oshgan;

tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 24,4 foizga oshgan;

tovar belgilari bo‘yicha komponent 52,8 foizga sezilarli darajada oshgan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Qaysi hududlarda o‘sish yuqori?

2024-yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (63,3%), Namangan (45,2%), Samarqand (43,2%), Jizzax (32,7%) viloyatlari va Toshkent (47,1%) shahrida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga ushbu indeksda Qashqadaryo (-7,5%) viloyatida pasayishi kuzatilgan.

Bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar

2024-yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 030,0 ming tani tashkil etdi va 2024-yilning iyun oyiga nisbatan 805,2 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 14 ta hududda oshgan.

2024-yil iyul oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan ortgan. Xususan, Sirdaryo (15,2%), Jizzax (14,5%), Farg‘ona (13,4%), Andijon (13,1%) viloyatlari va Toshkent (13,4%) shahrida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Tovar, xom ashyo birjasida faollik

2024-yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,2438 birlikni tashkil etdi. Ushbu komponent o‘tgan oyga nisbatan 24,4 foizga oshgan bo‘lsada, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 11,0 foizga kamayishi kuzatildi. Shuningdek, bitimlar soni 59,8 foizga oshgan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2024-yil iyul oyida 5 871,0 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,2 foizga ortgan.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faolligi

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari bo‘yicha komponent 2024-yil iyul oyida 1,0085 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizga mo‘tadil darajada kamaygan.

2024-yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni o‘tgan oyga (481 039 birlik) nisbatan 5 542 birlikka ortib, 486 581 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 7 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 387,138 tadan 392,681 tagacha oshgan (o‘sish 5 543 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 141 tadan 90 133 tagacha (-8 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar soni 3 767 tani tashkil etib, 2024 yilning iyun oyiga nisbatan 7 taga oshgan.

Brendlarni ro‘yxatga olish

2024-yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,5276 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning iyun oyiga nisbatan 52,8 foizga oshgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 608 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Теги :
Iqtisodiyot