$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonda gaz yetishmovchiligiga Turkman gazi yechimmi?

is gazi 3

Mintaqaviy gaz savdosini faollashtirib, O‘zbekistondagi gaz talabi va taklifi tafovutini bartaraf etish mumkin — Jahon banki.

Jahon banki hisoboti

Jahon banki o‘zining "2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishish: Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun barqaror energiya kelajagi" bo‘yicha hisobotida Markaziy Osiyo gazning yirik sof eksportchisi ekani, ushbu tabiiy resurs birinchi navbatda Xitoyga eksport qilinishi qayd etilgan bo'lib, Jahon banki ushbu submintaqa hududi bo‘ylab talabning o‘sishi hamda gaz qazib olishning stagnatsiyasi (ayniqsa, Qozog‘iston va O‘zbekistonda) mamlakatlarning bir vaqtning o‘zida Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini bajarish va qishki yuqori talabni qondirish imkoniyatini cheklashini ta’kidlagan. 

Turkman gazi

Shuningdek, hujjatda Markaziy Osiyoda mintaqaviy gaz savdosini faollashtirish va Turkmanistondan gaz importini oshirish orqali Qozog‘istonda ko‘mir o‘rnini bosish, O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan talab va taklif o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish, shuningdek, butun Markaziy Osiyoda o‘sib borayotgan talabni qondirish mumkin ekani keltirib o‘tilgan.