$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mart oyida sezilgan inflyatsiya o‘zgarishsiz qoldi

Inflyatsiya

Mart oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil qildi hamda fevral oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Bu ma’lumotni Markaziy Bank e’lon qildi. Eng ko‘p shakar va qandolat, meva-sabzavotlar hamda qurilish mollarining narxi oshdi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida

Inflyatsiyaning aholi kutilmalarida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi – 16,9 foiz, shuningdek, Toshkent viloyati – 14,3; Samarqand va Farg‘ona – 13,6 foiz bilan yuqori o‘rinlarda bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichni Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 10,9; Jizzax viloyati – 9,9 foiz bilan band etib turibdi. Tadbirkor subyektlarning eng yuqori ko‘rsatkichlari ham poytaxtda – 14,4 foiz, undan tashqari bu ko‘rsatkich Qashqadaryo(13,3) va Xorazm(13,2)da ham yuqori, eng past ko‘rsatkich Namangan(11,1) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi(10,3) hududlari hisobiga to‘g‘ri keldi. Sezilgan inflyatsiya bo‘yicha ham Toshkent shahri peshqadam – 17,2 foiz eng past ham yana Qoraqalpog‘istonda – 9,3 foiz.

Meva-sabzavot narxi oshdi, benzin narxi esa pastladi

Mart oyida fevralga nisbatan bir necha mahsulot narxlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Eng ko‘p narxi oshgan mahsulot – shakar va qandolat mahsulotlari – 4 foiz(14 dan 18 foizga) narx oshgan. Undan tashqari, meva-sabzavot(30 dan 33) hamda qurilish mollari(21 dan 24 ga) 3 foizga, guruch(20 dan 22 ga), kafe-restoran xizmatlari(15 dan 17 ga) va maishiy xizmatlar(11 dan 13 ga) 2 foizga; ta’mirlash(14 dan 15 ga), ijara haqi(14 dan 15 ga) va maishiy texnika(13 dan 14 ga) narxlari 1 foizga oshgan. Eng katta pastlash benzin va yoqilg‘i(51 dan 43 foizga) narxlarida kuzatildi – 8 foiz, go‘sht va sut mahsulotlari(32 dan 26) – 6 foizga, tuxum(21 dan 19 ga) 2 foizga; tibbiy xizmatlar(16 dan 15 ga), non va un mahsulotlari(16 dan 15 ga), o‘simlik yog‘i (14 dan 13 ga) – 1 foizga tushgan bo‘lsa, dorilar(24) hamda kiyim va poyabzal(21) narxlari o‘zgarishsiz qoldi.

Yuqori daromad — yuqori inflyatsiya

Daromadlar bo‘yicha sezilarli inflyatsiya yuqori daromad topuvchilar(15 million so‘mdan yuqori) – 19,3 foiz. 10-15 million so‘m daromad topuvchilarda – 17,1 foiz; 7-10 million – 13,6 foiz; 5-7 million va 4-5 million– 12 foiz; 3-4 million – 11,9 foiz; 2-3 million – 11,7 foiz inflyatsiya kuzatilgan. Daromadga ega bo‘lmaganlarda ham inflyatsiya darajasi ancha yuqori – 13,3 foiz. Umumiy hisobda esa inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etmoqda.