$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xususiy maktab qurgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi kutilmoqda

maktab

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi berilmoqda.  

Protez moslamalari olib kirishda imtiyoz

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.  

Bundan tashqari, muhtoj shaxslar protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini vaucher (subsidiya) asosida xarid qilganda, vaucher qiymati bilan sotib olingan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining narxi o‘rtasida hosil bo‘lgan va ushbu shaxslarga berilgan ijobiy farqning 20 foizi jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilanmoqda.

Теги :
Iqtisodiyot