$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Eldor Shomurodov uchun yana bir katta imkoniyat

Eldor

FIFA kunlari yakunlangach, barcha futbolchilar o‘zining klublariga qaytishmoqda. Muxlislar ham Top—5 chempionati o‘yinlariga tashna. O‘zbekiston milliy jamoasi lagerini tark etgan jamoa sardori ham “Roma” klubi ixtiyoriga qaytgan. Ahamiyatlisi, FIFA kunlaridan so‘ng Eldor Shomurodovning yakshanba kuni “Inter”ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlash ehtimoli yuqoriladi. 

Navbatdagi imkoniyat

Insayder Janluka Di Marsioning yozishicha, “Roma”ning asosiy hujumchisi Artyom Dovbik Ukraina milliy jamoasi safida Gruziya (1:0) va Chexiyaga (1:1) qarshi o‘yinlarda maydonga tushgach, klubi safiga jarohat bilan qaytgan. U payshanba kuni tizzasidagi og‘riq sababli mashg‘ulotlarda to‘laqonli ishtirok eta olmagan. Uning yakshanba kungi “Inter”ga qarshi bahsgacha to‘liq tayyor bo‘lishi so‘roq ostida qolmoqda. Dovbik amaldagi chempionga qarshi o‘yingacha safga qayta olmasa, Eldor Shomurodov “Inter”ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.

Eldor optimal formada

Eldor Shomurodov terma jamoa bilan birgalikda so‘nggi ikki o‘yinda o‘zini rosmana yetakchilardek tutib, jamoa safidagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish etdi. Shubhangiz bo‘lsa, BAAga qarshi o‘yindan keyin e’lon qilingan yuqoridagi statistikaga e’tibor qaratishingizni so‘rar edik. Unda Eldor Shomurodov va BAA terma jamoasi hujumchisi Kayo Kanedoning ko‘rsatkichlari solishtirilgan. Aytib o‘tish kerak, raqib hujumchisi 70 daqiqa o‘ynagan, Eldor esa o‘yin oxirigacha harakat qildi. Eldorning eng katta samaradorlik ko‘rsatkichi - ikkinchi qavatdagi kurashlarning barchasini yutgan (8/8). Xavfli vaziyat yaratishi mumkin bo‘lgan paslari ham yaxshi (6 ta). 

Ma’lumot uchun, “Roma” - “Inter” uchrashuvi 20-oktyabr, yakshanba kuni soat 23:45 da boshlanadi.

Теги :
Jamiyat