$
 11813.09
-7.39
 13677.20
-88.93
 135.61
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistoniklar eng ko‘p qaysi ilovalarni yukab olyapti?

Play market

Data.ai tahliliy platformasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning avgust oyida Oʻzbekistondagi eng koʻp yuklab olingan mobil ilovalar reytingida sezilarli siljishlar kuzatildi. Umumiy ilovalar hamda mahalliy loyihalar kesimidagi oʻzgarishlar mamlakatda raqamli xizmatlar va eʼlonlar servisi yangi rivojlanish bosqichiga oʻtayotganini koʻrsatmoqda.

Avgust reytingining umumiy manzarasi

Barcha ilovalar oʻrtasidagi yetakchilikni anʼanaviy ravishda Telegram saqlab turibdi. Instagram bir pogʻonaga koʻtarilib 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, davlat xizmatlari portalining MyGov ilovasi 3-oʻringa joylashdi.

Shtatli ravishda oʻz mavqeini oshirayotgan sunʼiy intellekt servisi ChatGPT (4-oʻrin) hamda milliy marketpleys Uzum Market (5-oʻrin) ham top-5 likdan joy olgan. Keyingi oʻrinlarda CapCut (6-oʻrin), reytingda yangi paydo boʻlgan WhatsApp (7-oʻrin), Soliq (8-oʻrin), WB Taxi (9-oʻrin) va OneID mobile (10-oʻrin) qayd etilgan.

Ilovalar dinamikasida WhatsApp’ning umumiy roʻyxatga qaytishi eʼtiborni tortadi. Telegram mamlakat ichida asosiy muloqot vositasiga aylangan boʻlishiga qaramay, WhatsApp asosan xorijdagi qarindoshlar hamda xalqaro hamkorlar bilan aloqa qilish vositasi sifatida oʻz auditoriyasini saqlab qolmoqda.

Mahalliy ilovalar top-10 ligi

Oʻzbekistonda yaratilgan ilovalar kesimida yetakchilik MyGov hamda Uzum Market qoʻlida boʻlib turibdi. Roʻyxatda keyingi oʻrinlarni Soliq, One ID mobile, Click, Payme, Hamkor, Uzum Bank, TEZ va Uzum Avto egallagan.

Mahalliy ilovalar orasidagi eng eʼtiborli oʻzgarish — Uzum Avto loyihasining birdaniga 65 pogʻonaga yuqorilab, oʻz tarixida birinchi marta milliy top-10 talikka kirishidir.

2024-yilning boshida ushbu loyiha Uzum Market platformasi ichidagi Toshkent dilerlarining avtomobillari joylashtirilgan kichik bir boʻlim sifatida ish boshlagan edi. Qisqa vaqt ichida u butun respublika boʻylab avtomobil oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi alohida va mustaqil servisga aylandi.

Vitrinadan toʻliq bitimgacha

Uzum Avto’ning tezkor oʻsishi va ommalashuvi shunchaki bitta ilovaning muvaffaqiyati emas, balki Oʻzbekistondagi raqamli klassifaydlar modelining tubdan oʻzgarayotganini koʻrsatadi.

Ilgari eʼlonlar platformalari shunchaki xaridor va sotuvchini uchratadigan, mahsulot yoki xizmat koʻrsatiladigan "vitrina" vazifasini bajarar edi. Zamonaviy foydalanuvchi esa faqat eʼlon koʻrish bilan cheklanmay, barcha moliyaviy va tashkiliy jarayonlarni bitta ilovaning oʻzida hal qilishni afzal koʻrmoqda.

Uzum Avto xizmatiga avtokreditlash imkoniyatining integratsiya qilinishi platformani oddiy eʼlonlar taxtasidan toʻliq siklli moliyaviy-operatsion servisga aylantirdi. Endilikda foydalanuvchi avtomobil tanlash, uni baholash, kredit rasmiylashtirish va bitimni yakunlash jarayonlarini bir joyda amalga oshirish imkoniga ega.

Ushbu tendensiya nafaqat avtomobil segmentida, balki koʻchmas mulk va maishiy texnika bozorida ham kuzatilmoqda. Platformalar bitim xavfsizligi va qulayligini oʻz boʻyniga olgani sayin, ularning isteʼmolchilar kunlik hayotidagi oʻrni va taʼsiri yanada ortib boradi.

Теги :
Jamiyat