$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari: Savdo va investitsiyaviy hamkorlik holati qanday?

tashqi savdo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ldi. Shu boisdan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘nggi 7 yil ichida O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan savdo va investisiyaviy hamkorligini tahlil qildi. 

TDT mamlakatlarining iqtisodiy salohiyati 

TDT mamlakatlarining iqtisodiy salohiyati juda katta. Shunday qilib, 2023-yilda a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlarning umumiy nominal yalpi ichki mahsuloti (YAIM) dunyoning 1,7 foizini (taxminan 1,8 trln. dollar), xarid qilish qobiliyati paritetiga (PPP) bo‘yicha esa dunyoning 3,1 foizini (taxminan 5,7 trln. dollar) tashkil etdi.

Shu bilan birga, TDT mamlakatlari nafaqat salmoqli tabiiy resurslarga ega, balki ushbu mamlakatlar, ayniqsa, Vengriya va Turkiyada rivojlangan ishlov berish sanoati va mashinasozlik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda to‘qimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo sanoati jadal rivojlanmoqda. Bundan tashqari, TDT mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari katta hajmda ishlab chiqariladi.

TDTga a’zo mamlakatlarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda 1,2 trln. dollardan oshdi.

Инфографика: Ўзбекистоннинг ТДТ мамлакатлари билан савдо ва инвестициявий ҳамкорлиги

O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan savdosi

O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasi (xizmatlardan tashqari) so‘nggi 7 yilda 3,34 mlrd. dollardan (2016-yil) 9,4 mlrd dollarga (2023-yil) qariyb 2,8 baravarga oshdi. Eksport 1,71 mlrd. dollardan (2016-yil) 3,2 mlrd. dollarga (2023-yil) 1,9 baravarga o‘sdi. Import 1,63 mlrd. dollardan (2016-yil) 6,2 mlrd. dollarga (2023-yil) 3,8 baravarga o‘sdi.

Ushbu davrda TDT mamlakatlarining O‘zbekiston tovar aylanmasidagi ulushi 16,5 foizdan 17,1 foizga o‘sdi, eksport 19,1 foizdan 16,7 foizga kamaydi, import 14,4 foizdan 17,4 foizga o‘sdi.

2023-yilda O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar aylanmasida eng katta ulushni Qozog‘iston — 44,9% (4,2 mlrd. dollar) va Turkiya — 31,0% (2,9 mlrd. dollar) egallaydi, keyin Turkmaniston — 11,3% (1,1 mlrd. dollar) va Qirg‘iziston — 9,5% (894 mln. dollar) egalladi, eng kichik ulushlarni Ozarbayjon— 2,3% (215 mln. dollar) va Vengriya — 1,0% (90 mln. dollar) egalladi.

2024-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, 2023-yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 7,2 foizgaga, 7,41 mlrd. dollardan 6,88 mlrd. dollarga, eksport 12,8 foizga, 2,85 mlrd. dollardan 2,49 mlrd. dollarga, import 3,6 foizga, 4,56 mlrd. dollardan 4,4 mlrd. dollarga kamaydi.

O‘zbekiston nimalarni eksport qilmoqda?

2024-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning TDT mamlakatlariga eksporti tarkibida sanoat tovarlari — 35%, mashina va transport uskunalari — 22%, oziq-ovqat mahsulotlari — 11%, kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 10%, turli tayyor mahsulotlar — 5,3%, nooziq-ovqat xomashyosi — 2,4%, ichimliklar va tamaki mahsulotlari — 2,3%, mineral yonilg‘i va yog‘lash moylari — 1,8% va xizmatlar — 12%ni tashkil etdi.

TDT mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro savdo tahlili shuni ko‘rsatadiki, tashkilot doirasida savdo hajmini taqsimlash an’anaviy savdo sheriklari o‘rtasida o‘rnatilgan munosabatlarga muvofiq amalga oshiriladi va ularning bir tashkilotda bo‘lishi bilan bog‘liq emas.

Investisiyaviy hamkorlik

Turistik almashinuvlar va o‘zaro investisiyalar o‘sib bormoqda. 2023-yilda davlatlar iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 50 milliard dollarga yetdi, bu 2017-yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘p (taxminan 30 mlrd. dollar). So‘nggi 5 yil ichida xorijiy kapitalga ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 53 mingdan 92 ming donaga ko‘paydi.2021—2023-yillarda TDTga a’zo davlatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga 5 mlrd. dollardan ortiq sarmoya kiritdilar. 2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonda TDTga a’zo davlatlar kapitali ishtirokidagi 500 dan ortiq yangi korxona tashkil etilib, ularning umumiy soni 4 mingga yetdi (respublikada xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 28,8%).

Теги :
Iqtisodiyot