$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston futbol klublari xalqaro musobaqalardagi ishtiroki uchun qancha oladi?

Gonarar

Joriy mavsumdan start olgan Elit chempionlar ligasi va "OCHL" musobaqalarida moddiy tomondan ancha yaxshilanish kuzatilgan. “Al Shorta” — “Paxtakor” o‘yini prev’yusi.

“Al Shorta” klubi haqida

Bugun, 21-oktyabr kuni Elit Chempionlar Ligasining 3-turi doirasida “Paxtakor” Iroqning Karbala shahrida "Al Shorta"ga qarshi maydonga tushadi. Maqolamiz so‘ngida OFK tasnifidagi musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalarimizning turnirdan ko‘rajak daromadini ochiqlaymiz. 

“Paxtakor”ning Iroq klublariga qarshi natijasi

“Sherlar” Osiyo klublari musobaqalarida Iroq jamoalariga qarshi 8 o‘yinda maydonga tushgan. 2003-yilgi dastlabki o'yinda “Al-Talaba” klubi bilan Toshkentda o‘tgan uchrashuvda 3:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan. 2005-yil “Zavra” bilan guruh bosqichida kechgan bellashuvlarda iroqliklar muvaffaqiyatga erishishgan. O‘yinlarda 2:1 va 1:0 hisobi kuzatilgan. 2008-yil esa “Arbil”ga qarshi guruh bosqichidagi bahslarda “Paxtakor” ustunroq ekanini ko‘rsatgan. Toshkentda 2:0, safarda 5:1 hisobida g‘alabalar qo‘lga kiritilgan. 2019-yil aynan “Eyr Fors”ga qarshi Toshkentdagi pley-off o‘yinida jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan. 2021-yil “Al Quva” bilan bahslarda 0:0 hamda 1:0 natijalari qayd etilgan.

 Elit Liga 

Ushbu mavsumdan e’tiboran “Paxtakor” va “Nasaf” OFK tasnifidagi musobaqalarda ishtirok etmoqda. Joriy mavsumdan start olgan Elit chempionlar ligasi va “OCHL” musobaqalarida moddiy tomondan ancha yaxshilanish kuzatilgan. “Paxtakor” Elit Ligada ishtirok etgani uchun 800 000 ming dollar ishlab topadi. Musobaqadagi har bir g‘alabasi uchun, klub g‘aznasiga 100 000 ming dollar kelib tushadi. Durang yoki mag‘lubiyat uchun hech qanday pul to‘lanmaydi. 

Osiyo Chempionlar Ligasi

“Nasaf” kurash olib borayotgan turnirda ishtirokni o‘zi uchun 300 000 ming dollar ishlab oldi. Har bir o‘yindagi g‘alaba uchun esa, 50 000 ming dollardan pul to‘lanadi. Bu musobaqada ham durang va mag‘lubiyat uchun hech qanday pul to‘lanmaydi. Demak, shu kunga qadar “Paxtakor” “Elit liga”da 800 000 ishlab topgan bo‘lsa, “Nasaf” hisobiga 350 000 (“Shabab Al Ahli”) ustidan qozonilgan g‘alaba uchun berilgan 50 000) ming dollar kelib tushgan.

 “Al Shorta” — “Paxtakor”  jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 21-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Karbala Xalqaro stadionida boshlanadi.

Теги :
Жамият