$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonning zaxiralari kamaymoqda

Олтин Oltin

Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bo'yicha 2024-yilning yanvar-fevral oylaridagi natijasini ma'lum qildi.

Pasayish kuzatilmoqda

Markaziy bankning bundan avvalgi ma'lumotlariga ko'ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 34 milliard 564,7 million dollarni tashkil etgandi. 1-mart holatiga ko‘ra mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 32,19 milliard dollarni tashkil qilgan. Xorijiy valyuta zaxiralari yanvar oyida 1,44 milliard dollarga, fevralda esa 381,5 million dollarga pasaygan. Natijada, ikki oyda jami pasayish 1,82 milliard dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, valyuta zaxiralari 7,55 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2023-yil sentyabridan keyingi eng past ko‘rsatkich.

Bank izohi

Markaziy bank ma’lumotida keltirilishicha, xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega bo‘lib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Shuningdek, mazkur dinamikaga 2019-yilda muomalaga chiqarilgan suveren Yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan.

Zaxiralarni saqlashdan maqsad

Qisqa va lo'nda qilib tushuntirilganda bu davlatning sug‘urtasi yoki “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun saqlab boriladi. Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.