$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Shols tashrifi doirasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Shols va Mirziyoyev

Samarqand shahrida o‘tgan samarali muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

8 ta ikki tomonlama hujjat

Umuman, rasmiy tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Bular:

-        Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

-        Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;

-        “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;

-        O‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;

-        Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

-        Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi

Bundan tashqari, 2024—2026-yillarga mo‘ljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzildi.

Bundan oldin, Shols 17-sentyabr kuni C5+1 uchrashuvida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston rahbarlari bilan ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Germaniya kansleri ushbu mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish uchun birlashish vaqti keldi, deb hisoblaydi. 2023-yil kuzida birinchi C5+1 yig‘ilishi Berlinda bo‘lib o‘tgan edi. Unda strategik mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Sholsga safarda katta va yuqori martabali biznesmenlar delegatsiyasi hamrohlik qiladi.

Теги :
Jamiyat