$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Germaniya kanslerining O‘zbekistonga ilk tashrifidan qanday maqsad ko‘zlangan?

Shols

Germaniya kansleri Olaf Sholsning matbuot kotibi Steffen Hebestreit “MacauBusiness” nashriga bergan intervyusida kanslerning Markaziy Osiyoga tashrifini ma’lum qildi. U 15—17-sentyabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi va mintaqaviy sammitda qatnashadi. Bu Sholsning Markaziy Osiyoga qilajak birinchi safari.

Hamkorlikni chuqurlashtirish

Intervyuda qayd etilishicha, G‘arb davlatlari an’anaviy ravishda Moskva bilan uyg‘unlashgan mintaqa bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston biz uchun muhim davlatlar va yaqin hamkorlardir. Biz ular bilan, ayniqsa fan, iqtisodiyot, energetika, ulanish va xomashyo sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga intilamiz, deydi Olaf Sholsning matbuot kotibi Steffen Hebestreit.

 C5+1 uchrashuvi

Shuningdek, Shols 17-sentyabr kuni C5+1 uchrashuvida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston rahbarlari bilan ishtirok etadi. Germaniya kansleri ushbu mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish uchun birlashish vaqti keldi, deb hisoblaydi. 2023-yil kuzida birinchi C5+1 yig‘ilishi Berlinda bo‘lib o‘tgan edi. Unda strategik mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Sholsga safarda katta va yuqori martabali biznesmenlar delegatsiyasi hamrohlik qiladi.