$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi erasi tugadi: Bugun dunyoning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi

Oltin to‘p

Bugun futbol olamidagi yilning eng nufuzli individual sovrini — “Oltin to‘p” o‘z egasiga topshiriladi. “France Football” va UEFA bundan buyon hamkorlikda taqdim etishni rejalashtirgan ushbu unvonni bugun uni hech qachon unda g‘olib chiqmagan kimdir qo‘lga kiritishi mumkin. 

Ikki dekadani band etgan qo‘shhokimlik

Bu galgi marosim shunisi bilan ahamiyatliki, u futbolda uzoq yillar davom etgan qo‘shhokimlikning batamom yakuni sifatida tarixga kiradi. Qariyb ikki dekada davomida Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilib kelinardi. Biroq bu safargi so‘nggi 30 nomzod orasida ular ko‘rinish bermadi va katta era shu bilan yakuniga yetdi. 

Messi e Cristiano Ronaldo lado a lado. Acredita em coincidências? Estes  dados impressionam - Euro - SAPO Desporto

“Oltin to‘p”ga da’vogar 30 nafar futbolchi

“France Football” talqini bo‘yicha “Oltin to‘p”ga quyidagi 30 nafar futbolchi da’vogar hisoblanadi: Jud Bellingem ("Real"), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Filip Foden ("Manchester Siti"), Federiko Valverde ("Real"), Emiliano Martines ("Aston Villa"), Erling Xoland ("Manchester Siti"), Niko Uilyams ("Atletik"), Granit Jaka ("Bayer"), Artem Dovbik ("Jirona" / "Roma"), Toni Kroos ("Real"), Vinisius Junior ("Real"), Dani Olmo ("RB Leypsig" / "Barselona"), Florian Virts ("Bayer"), Martin Edegor ("Arsenal"), Mats Xummels ("Borussiya" Dortmund / "Roma"), Rodri ("Manchester Siti"), Xarri Keyn ("Bavariya"), Deklan Rays ("Arsenal"), Vitinya (PSJ), Koul Palmer ("Chelsi"), Daniel Karvaxal ("Real"), Lamin Yamal ("Barselona"), Bukayo Saka ("Arsenal"), Xakan Chalxanoglu ("Inter"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Kilian Mbappe (PSJ / "Real"), Lautaro Martines ("Inter"), Ademola Lukman ("Atalanta"), Antonio Ryudiger ("Real"), Aleks Grimaldo ("Bayer").

Kopa Trophy 2024: Lamine Yamal, Kobbie Mainoo and Alejandro Garnacho lead  nominees for Ballon d'Or's best young player award | Goal.com UK

 “Kopa Trofi” sovrini nomzodlari

21 yoshdan kichik futbolchiga topshiriladigan "Kopa Trofi" sovrinini quyidagilardan biri yutadi: Pau Kubarsi, Lamin Yamal (ikkalasi – "Barselona"), Alexandro Garnacho, Kobbi Maynu (ikkalasi – "Manchester Yunayted"), Arda Gyuler ("Real"), Karim Konate ("Red Bull Zalsburg"), Joau Nevesh, Uorren Zair-Emeri (ikkalasi – PSJ), Savio Moreyra ("Manchester Siti"), Matis Tel ("Bavariya").

Lev Yashin sovriniga da’vogarlar

Eng yaxshi darvozabonga nasib etadigan Lev Yashin nomidagi sovringa da’vogarlar: Diogu Koshta ("Porto"), Janluiji Donnaruma (PSJ), Gregor Kobel ("Borussiya"), Andrey Lunin ("Real"), Mayk Menyan ("Milan"), Georgiy Mamardashvili ("Valensiya"), Emiliano Martines ("Aston Villa"), Unai Simon ("Atletik"), Yan Zommer ("Inter") va Ronuen Uilyams ("Mamelodi Sandaunc").

Винисиус против Родри, борьба за «Трофей Яшина». Изучили номинантов на «Золотой мяч» и другие награды 05.09.2024 читать блог на SOCCER.RU

Eng yaxshi murabbiy sovriniga nomzodlar

“France Football” eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun quyidagi nomzodlarni tanlab olgan: Xabi Alonso ("Bayer"), Karlo Anchelotti ("Real"), Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi), Jan Pero Gasperini ("Atalanta"), Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi).

Yilning eng yaxshi klubi va qolgan sovrinlar

Yilning eng yaxshi klubi bo‘lish uchun da’vogarlar: "Borussiya" Dortmund, "Jirona", "Bayer", "Real" va "Manchester Siti".

Marosimda shuningdek eng yaxshi to‘purarga Gerd Myuller sovrini, futboldan tashqaridagi faoliyati uchun Sokrates sovrini ham topshiriladi. Bundan tashqari ayollar futbolida ham bir qator yo‘nalishlarda eng yaxshilar taqdirlanadi.

Tasdiqlanmagan natijalar  

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalarini aks ettiruvchi rasmlar tarqaldi. Ushbu suratga ko‘ra "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Junior bugun mazkur sovvrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Braziliyaldik futbolchi 630 ball to‘plab, "Manchester Siti" futbolchisi Rodrini 54 ochko farq bilan ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, ushbu sovrinlar 2023-yilning 1-avgustidan 2024-yilning 31-iyuligacha bo‘lgan faoliyat uchun beriladi.

Теги :
Jamiyat