$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bunyodkor qariyb 10 mln. yevrolik qarzini to‘laydigan bo‘ldi

Rivaldo

Bunyodkor klubi o‘zining ikki sobiq Braziliyalik futbolchisidan katta miqdor qarzdor ekanligi haqidagi xabar bergan edik. Bugun esa ushbu summalar qachon to‘lanishi ochiqlandi

Klub jami 10 million yevroga yaqin qarzdor

Bunyodkor klubi o‘zining ikki sobiq braziliyalik futbolchisi: Rivaldo va Denilsondan jami 9,2 million miqdorda qarzdor(Rivaldo - 8,1 million; Denilson - 1,1 million yevro). Ushbu raqamlardagi pullar to‘lanmagan mukofot pullari, ustama pullari, shartnomani bekor qilish paytidagi kompensatsiya, bonuslar hamda arbitraj sudining xarajat pullarining jamlanmasi hisoblanadi.

Rivaldo qancha va qanday tartibda haq oladi?

Bunyodkor klubi 2017-yil 21-sentyabrda FIFA tomonidan shartlarni bajarmaganligi uchun, sport arbitraj sudining 2023-yil 6-noyabrdagi qaroriga ko‘ra klub Rivaldoga:

2 489 947 yevro – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

5 664 000 yevro – shartnoma bekor qilinishi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

Bunyodkor Denilsonga to‘lashi kerak bo‘lgan summa miqdori

Bunyodkor klubi 2017-yil 21-sentyabrda FIFA tomonidan shartlarni bajarmaganligi uchun, sport arbitraj sudining 2023-yil 6-noyabrdagi qaroriga ko‘ra klub Denilsonga:

700 000 AQSH dollari – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to‘lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

400 000 AQSH dollari – kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming Shveysariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

Qarzlar 7-aprelgacha uzilishi kerak edi, ammo...

Joriy yilning 7-fevralidagi shartnomaga binoan, jamoa sobiq o‘yinchilariga pulni 2024-yilning 7-apreligacha to‘lashi lozim edi. Ammo 30-mart kuni tomonlar o‘rtasida yangi kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra to‘lanishi zarur bo‘lgan summa miqdori biroz kamaytirildi. Bundan tashqari, jamoa Denilsonga qarzni uch qismga bo‘lib, 2026-yilning oxirigacha to‘lashi, Rivaldoga esa har yili bir martadan 2028-yilgacha to‘lanishi kerak ekanligi belgilandi.