$
 12969.84
-15.48
 13436.75
-74.48
 133.97
1.75
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zingizni orzularingizga munosib deb biling” – xalqaro biznesni zabt etayotgan Feruza Nizomova

r 15 3

 Aqli, tirishqoqligi, zavokati bilan avval nufuzli ta’lim dargohlarini, keyin esa obro‘li xalqaro kompaniyalarni zabt etayotgan iste’dodli o‘zbekistonliklardan biri bu – Feruza Nizomova. Yevropadagi eng yirik banklardan biri bo‘lgan BNP Paribas’ning AQSHdagi korporativ va institutsional bankchilik sho‘basidagi faoliyati orqali kompaniyadagi samaradorlikni naq 25 foizgacha oshirishda bevosita ishtirok etgan.

Feruza UZ24 bilan suhbatda o‘zining muvaffaqiyat yo‘lini hikoya qilib berdi.

Muddatidan avval erishilgan natija

“Bolaligim Buxoroyi sharifda o‘tgan. Maktab davridanoq ilmga tashna edim, har doim olimpiadalarda o‘rin olar, ayniqsa tarix fanini juda sevib o‘rganardim. O‘z ustimda tinimsiz ishlashim litseyda ham davom etdi. Matematika va ingliz tili bilan intensiv ravishda shug‘ullanar, o‘tirsam ham tursam ham shu fanlarni o‘qiganim o‘qigan edi. Va bularning bari besamar ketmadi: uchinchi bosqichga kelganda oliy ta’limni xorijda davom ettirish uchun shu ikki yo‘nalishdagi imtihonlarda yetarli ballni qo‘lga kiritib bo‘lgandim va endi vaqtimni pianino chalish, suzish mashg‘ulotlari va boshqa fanlarni o‘rganishga bemalol sarflashim mumkin edi”.

Feruza bakalavr ta’limi uchun Shimoliy Uelsning Bangor universiteti sanoat menejmenti yo‘nalishini tanlaydi. Biznes tahlili yo‘nalishida MBA darajasi uchun esa Pensilvaniyaning Lihay universitetida tahsil olib, uni 3,2 GPA (o‘rtacha baho) bilan tamomlaydi. “Magistratura tahsili chog‘ida direktor stipendiyasiga sazovor bo‘ldim. Borealis kompaniyasidan sanoat bo‘yicha murabbiyim bilan hamkorlikda ishlash sohaning past-balandliklari bilan tanishish, to‘g‘ri mo‘ljal olishimda muhim rol o‘ynadi”.