$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tamaki va alkogol uchun oylik yig‘im joriy etiladi

soliq yig

1-sentyabrdan boshlab ushbu mahsulotlar savdosi faoliyati maxsus organlarga xabardor qilib sotiladigan faoliyat turlariga qo‘shiladi.

Har oylik yig‘im

Ushbu hujjat bilan, 2024-yilning 1-sentyabridan pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Undan tashqari, tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun har oylik yig‘im joriy etiladi.

BHMning 10 foizi

Ushbu turdagi savdoni amalga oshirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 foizi, ya’ni 34 ming so‘m miqdordagi to‘lov har oy to‘lab turiladi.

Ushbu mahsulotlar reklamasi

2024-yil boshida Senat O‘zbekistonda import qilingan pivo va vino mahsulotlarini reklama qilish haqidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi. Ammo hozirgacha faqatgina 2022-yilning iyulida qabul qilingan qonun bo‘yicha ushbu mahsulotlar reklama qilinib, buning uchun mahsulot O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.