$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

3 yoshli bolani oʻldirgan yigitning umrbodga qamalgani haqidagi xabarlar rad etildi

bola

Oliy sud matbuot xizmati ayrim manbalarda tarqalayotgan “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi” kabi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan xabar

Qayd etilishicha, ayrim manbalarda tarqalayotgan “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi” kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

"Shu oʻrinda yurtdoshlarimizni bu kabi "feyk" ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabarda.

Oliy sud matbuot xizmati ogohlantirdi

Oliy sud matbuot xizmati axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni soʻradi.

Maʼlumot uchun, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.

Mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilgan jinoyat ishi

Ma'lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S. M. (1993 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga joriy yilning 29-oktyabr kuni kelib tushgan boʻlib, ayni paytda mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz avvalroq, 3 yoshli bolaning oʻldirilishi ortidan faollar oʻlim jazosini tiklashni soʻragani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat