$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

3 yoshli bolaning oʻldirilishi ortidan faollar oʻlim jazosini tiklashni soʻramoqda

3 yoshli bola

Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi.

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida eri bilan ajrashgan ayolning tanishi undan alamini olish uchun bolasini pichoqlab o‘ldirgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat 9-iyul kuni Yashnobod tumani Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan.

Ayolga jahl qilib bolasini pichoqlagan

Uyda ijarada turgan 30 yoshli erkak qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan o‘zaro janjallashgan. Oqibatda u ayolning birinchi turmushidan bo‘lgan 3 yoshli o‘g‘il farzandiga pichoq bilan 12 marotaba pichoqlagan.

Shundan so‘ng erkak hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Qotil qo‘lga olingan

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Bolalar qotili yashamasligi kerak”

Alisher Qodirov bu kabi vahshiy qotillarga o‘lim jazosi tiklanishi kerakligini aytdi:

 “Jinoyatni hammasi ham jinoyat, lekin murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerak.

Kecha yosh bir yigitga 20 marta pichoq urib o‘ldirgan jinoyatchi sudda pushaymonligini aytib, 17 yilga qamaldi. 25 yoshli bu mahluq qamoqdan 42 yoshida jamiyatga kim bo‘lib qaytadi?

Hayvonlashib ketgan jinoyatchini soliqlarimiz hisobiga sog‘ligini saqlab, qornini to‘ydirib, boshqa inson bo‘lib qolishini kutib o‘tirish-mantiqsiz!

Bundaylardan jamiyatni tozalash kerak!

Bolalar va begunoh aholi qirg‘iniga yuzsizlarcha ko‘z yumib, dunyoga insonparvarlikdan dars berayotganlarning insonqarashiga moslashishga majburmizmi?

Bu mahluqlar nafaqat bugun, balki kelajakdagi pro-mahluqlarga namuna-ustoz bo‘lib xizmat qilishini unutmaslik kerak”’ – deydi u.

Marhum bolakayning onasi “narkoman”

Bloger Shahnoza Soatova Alisher Qodirovning o‘lim jazosini tiklash to‘g‘risidagi taklifini samarasiz ekanligini ta’kidlab, ehtirosga berilib, bitta muammoni bartaraf etish uchun boshqa muammoni taklif qilmasdan, sabablarga qarash kerakligini aytdi.

“Go‘dakni o‘ldirgan yovuz va unga sherik bo‘lgan bolaning onasi ham narkoman ekan. Mana bu erda esa ruldagi potensial qotil narkomanlar.

Har yili 26-iyun kuni narkotiklarga qarshi kurashyapmiz deb bojxonachilar yoqayotgan narkotiklardan boshqa narkomaniyaga qarshi kurash haqida nimalarni bilamiz?

Tabletkachilar, "kladchiklar", giyohvand moddalar uchun kriptovalyutada to‘lanayotgan pullar – bu jinoyatchilik umuman yangi bosqichga chiqib ketdi. Biz esa faqat gulxan bilan unga qarshi kurashayotgandekmiz.

Balki Parlament narkomaniya va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash qanday borayotganini tanqidiy ko‘rib chiqar. Giyohvand moddalar savdosi va iste’moli uchun javobgarlikni kuchaytirishni so‘rarmiz hech yo‘q.

Avtoterrorist g‘ildiragi ostida, kanalizatsiya qudug‘ida, narkomannning qo‘lida nobud bo‘layotgan bolajonlar – bevaqt o‘layotgan farishtalar bizni kechirmasa kerak”, – deydi bloger.

Go‘dakni zo‘ravonlarcha o‘ldirganlar quturgan itdek o‘lim topishi shart!

Jurnalist Abror Zohidov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbarining fikrlariga qo‘shilishi aytdi.

“Himoyasiz go‘dakni zo‘ravonlarcha o‘ldirganlar quturgan itdek o‘lim topishi shart!

 Mayli, shafqatsiz bo‘lay, mayli jahon qonunlarni tushunmaydigan, gumanizmdan yiroq bir savodsiz. Lekin 3 yoshli go‘dakning bosh va ko‘zlariga 12 marta pichoq tiqib o‘ldirgan maxluq boqib semirtirilmasligi, bil’aks beto‘xtov qatl etilishi zarur.

 “Sud tizimimiz nomukammal”, “Haqiqiy qotillar qolib, begunohlar qatl etilishi ehtimoli bor”, “Neugodniylar shu jazoga mahkum qilinib, siyosiy sahnadan chiqarilishi mumkin” kabi argumentlar ham zaif. Sud tizimimiz nomukammal bo‘lsa, o‘zini isloh qilsin. Qotillik isboti rad etib bo‘lmas dalillar bilan isbotlanganda bu jazo qo‘llansin. Masalan, bugungi kunda qadamda kameralar tasvirga olyapti.

 Ammo o‘sha bolalarning ota-onalari soliq to‘lab, farzandi qotilini boqishlariga chek qo‘yilsin. 30 yoshli vahshiy 45 yoshida ozodlikka chiqib, yana kimningdir dilbandini qaqshatmasin”, – deydi jurnalist.

Теги :
Jamiyat