$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Respublikamizda tashqi savdo aylanmasi 20 milliard dollardan oshdi

export eksport

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 20,9 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.

Eksport 9%ga import esa 3,9%ga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 4 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 %), Rossiya (18,4 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,3 %) qayd etilgan.

  • Eksport – 8,5 mlrd (9 % ga oshgan)
  • Import – 12,4 mlrd (3,9 % ga oshgan)

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 % ga oshgan

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20,9 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mlrd AQSh dollariga yoki 5,9 % ga oshgan.

 Toshkent shahri Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 38,8 % ulushni egallagan. Toshkentning tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 oyda qariyb 8,1 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan.

Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP: 10 davlatlar

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSh dollarida):

  • Xitoy – 3,9 mlrd
  • Rossiya – 3,8 mlrd
  • Qozogʻiston – 1,2 mlrd
  • Turkiya – 920,2 mln
  • Koreya – 695 mln
  • Fransiya – 386,4 mln
  • Germaniya – 345 mln
  • Afgʻoniston – 308,6 mln
  • Turkmaniston – 288,5 mln
  • Hindiston – 270,3 mln