$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning eng eksportbop mahsuloti qaysi?

export eksport

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarga (+10,5 foiz) yetdi. Eksport 13,6 foizga — 3,63 milliard dollarga, import — 6,29 milliard dollarga (+8,7 foiz) oshdi. Xo'sh, eksportda qaysi mahsulotlar ulushi eng yuqori?

Ikki oylik eksporti hajmining 36,3 foizi — oltin

Fevraldagi oltin sotuvi respublikaning yanvar-fevral oylaridagi jami eksportidan 36,3 foizini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot berdi. Oltin sotuvi O‘zbekiston eksportida katta ulushga ega. Masalan, joriy yil fevral oyidagi oltin savdosi mamlakatning ikki oylik eksporti hajmining 36,3 foiziga teng bo‘ldi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida respublikaning umumiy eksporti 3 milliard 631 million dollarga yetgan. Shundan 1,3 milliard dollari oltin sotuvi hissasiga to‘g‘ri keldi. 2023-yil yanvar-fevral oylarida jami eksport hajmi 3,2 milliard dollar bo‘lgan. Shundan 1,2 milliard dollari oltin hisobiga to‘g‘ri kelgan. 

Oltinsiz o‘sish

Oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning yanvar-fevraliga nisbatan 14,9 foizga oshib, 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. O‘sish asosan karam — 58,4 ming tonna (3,9 barobar), piyoz — 73,1 ming tonna (2925,5 barobar), sabzi — 23,6 ming tonna (1,9 barobar) yetkazib berish hisobiga ta’minlandi.

O‘zbekiston don eksportini 65,1 million dollarga (-20 foizga), avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlari eksportini 32,3 million dollarga (-8,4 foiz) kamaytirdi, biroq neft va neft mahsulotlari sotuvi 67,1 million dollarga (o‘sish 2,9 barobar), tabiiy gaz sotuvi 26,7 million dollarga (3,6 barobar) oshdi. Elektr toki — 16 million (2,4 barobar), noorganik kimyoviy moddalar — 147,2 million dollarga (2,1 barobar) oshdi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3,5 foizga oshib, 519,4 million dollarni tashkil etdi. Tarkibdagi asosiy ulushni ip-kalava (47,7 foiz) va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 foiz) egalladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yili oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat yil davomida qariyb 25 tonnadan ortiq oltin sotgan.