$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2 oyda O‘zbekistonning eksport hajmi 3,6 mlrd AQSH dollaridan oshgan

Инфографика Infografika

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilinib, O‘zbekiston xorijga qiymati 150,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan meva va sabzavotlar xorijga chiqarilgan.

2023-yilga qiyoslov

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga ko‘paygan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 %), Rossiya (26,1 %), Qozog‘iston (9,1 %) va Xitoy (9 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 % ini tashkil etgan.

Meva-sabzavot turlaridagi eksporti hajmi

Shuningdek, statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 2024-yil yanvar-fevral oylarida meva-sabzavot mahsulotlari turlaridagi eksporti hajmi quyidagicha:

— Olxo‘ri (quritilgan) – 3,1 ming tonna

— Uzum – 4 ming tonna

— Uzum (quritilgan) – 7,4 ming tonna

— Pomidor – 5,1 ming tonna 

— Karam – 58,4 ming tonna

— Piyoz – 73,1 ming tonna

— Mosh – 15,8 ming tonna 

— Sabzi – 23,6 ming tonna 

— Tariq – 3,3 ming tonna

— Bodring – 1,7 ming tonna

— Yeryong‘oq – 2 ming tonna

— Qalampir – 1,3 ming tonnani tashkil qilgan.