$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdo hajmini oshirmoqchi

Mas’ud Pezeshkiyon

Mehr agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston imtiyozli savdo bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan. 

Tovar ayirboshlash hajmi 10 barobarga oshadi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Tehronga tashrifi chog‘ida erishilgan bitim doirasida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 barobarga oshirishni, ya’ni 500 million dollardan 5 milliard dollarga yetkazishni mo‘ljallagan. Qayd etilishicha, Tehron va Toshkent Erondan eksport qilinadigan poyezd vagonlari, elektr energiyasi ishlab chiqarish turbinalari, po‘lat va neft-kimyo mahsulotlari uchun savdo tariflarini pasaytirish borasida umumiy to‘xtamga kelgan.

Sanksiyalar ta’siri

Tahlilchilarning fikricha, Eron G‘arb bozorlariga kirishni cheklovchi sanksiyalar sababli mintaqa davlatlar bilan oldi-sotdi hajmini oshirishga urinmoqda. Tehron Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, shuningdek, Pokiston va Indoneziya bilan imtiyozli savdo shartnomalarini imzolashga muvaffaq bo‘lgan. Fors davlati tarixan yaqin sanalgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham iqtisodiy hamkorlikni jonlashtirishga intilyapti.

Savdo bitimlari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-iyul kuni Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali so‘zlashgan edi. Muloqot davomida energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat kabi tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etilgani haqida xabar qilingan. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Oliy Majlis Senatida o‘tkazilgan hisobot majlisida Eron bilan birgalikda umumiy qiymati 362 million dollarlik 46 ta investitsiyaviy va savdo bitimi amalga oshirilayotgani aytilgan.

Теги :
Iqtisodiyot