$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bo‘ka va Popda umumiy quvvati 763 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi quriladi

qes

Joriy yil 24-mayda Toshkent viloyatining Bo‘ka hamda Namangan viloyatining Pop tumanlarida xorijiy investorlar yordamida quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurishga doir Prezident qarori imzolandi.

Xitoy kompaniyasi Bo‘kada

Qarorga muvofiq, Xitoyning “China Datang Overseas Investment Co Ltd.” kompaniyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida quvvati 263 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini quradi.

Investor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi

Investor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda dastlabki baholash bo‘yicha jami 150 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish majburiyatini oladi.

Germaniya kompaniyasining 500 MVt quvvatli loyihasi

Shuningdek, Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi tomonidan Namangan viloyatining Pop tumanida ham quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

Dastlabki baholash 350 million

Investor yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 350 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish majburiyatini oladi.