$
 12676.73
70.0
 14874.87
25.4
 161.03
1.17
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Deputatlikka nomzod vazirlar: Ular saylansa, lavozimidan voz kechadimi?

saylov

Xabaringiz bor, bu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda esa saylov oldi jarayonlar ketmoqda. Deputatlikka nomzodi qo‘yilganlar orasida respublika tashkilot vakillari ham bor.

5 nafar vazir deputatlikka nomzodini qo‘ydi

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda vazir lavozimida faoliyat yuritayotgan 5 nafar vazir agar deputatlikka saylansa, lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozgan. 

Bular Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Adliya vaziri Akbar Toshqulov.

Senatorlardan tortib san’atkorlargacha

Jumladan, siyosiy partiyalarning parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga qoʻyilgan nomzodlari tarkibida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonovlar ham bor. 

Madaniyat va san’at vakillari ichidan Yodgor Sagdiyev, Ra’no Shodiyeva, Gavxar Zokirova, Ra’no Zokirova va Dilnoza Kubayevalar ham deputatlikka o‘z nomzodlarini qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasi deputatiga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.

Теги :
Jamiyat