$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Belgilangan va belgilanmagan bahsli penaltilar: O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yinida hakam tomonidan chiqarilgan qarorlar nechog‘lik to‘g‘ri?

Hakam

Kecha, 10-oktyabr kuni JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 3-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi maydonga tushib, juda muhim bahsda bosh murabbiy Srechko Katanetssiz to‘p surgan vakillarimiz durang natija qayd etishdi – 0:0. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uch o‘yinda ham durang qayd etilgandi:

10.10.2024. O‘zbekiston – Eron – 0:0

11.06.2024. Eron – O‘zbekiston – 0:0

21.11.2023. O‘zbekiston – Eron – 2:2

Bahsli vaziyatlar yechimi

Kechagi o‘yin ikki jamoa va muxlislar uchun ham yaqqol golli vaziyatlar bilan emas, aksincha bahsli penaltilar bilan yodda qoldi. Tabiiyki barcha vaziyatlarni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi. Qiziq, soha mutaxassislari vaziyatga qanday baho berishdi?

Hakamlik faoliyati bo‘yicha ekspert, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyayev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) O‘zbekiston – Eron (0:0) uchrashuvidagi bahsli epizodlar haqida fikr bildirdi. 

Qizil kartochka

Mutaxassis Eron futbolchisi qizil kartochka olgan vaziyatga to‘xtalar ekan, "Hakamning qaroriga qo‘shilaman. Eron termasi futbolchisi to‘p uchun kurashga juda xavfli tarzda qo‘shilmoqda va raqibining oyog‘iga tepmoqda. U raqibining tayanch oyog‘iga butsasining tag qismi bilan tegdi. Bu ham muhim faktor. Barcha kriteriyalar qizil kartochka demoqda", — deb o‘z munosabatini bildirdi.

Alijonovning vaziyatida penalti bormidi?

O‘yin davomida ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan Xojiakbar Alijonov bilan ham Eron terma jamoasi jarima maydonida juda bahsli vaziyat yuz berdi. Tabiiy ravishda barcha muxlislar ushbu vaziyat uchun ham uchrashuv bosh hakamidan norozi bo‘lishdi. Anatoliy Sinyayev bu vaziyatni tahlil qiladi: "Hakamda penalti belgilash uchun asoslar bor, biroq yetarlicha emas. Eron termasi futbolchisi to‘p uchun o‘ynashga harakat qildi va raqibini ko‘rmadi, shu orqali uning beliga tegib yubordi. Penalti belgilash uchun faqatgina zarbaning kuchi muhim ahamiyatga ega emas - agarda himoyachi raqibining yuziga katta kuch bilan ursa, penalti uchun asos yetarlicha bo‘lardi. O‘zbekiston termasi futbolchisi vaziyatni bo‘rttirib yubordi."

Bekor qilingan penalti

"Juda qiziq vaziyat. UYEFA va FIFA VARning vaziyatga aralashishi va qo‘lning traktovkasi bo‘yicha alohida yo‘nalishga ega. Yevropada bunday holatlarda katta ehtimol bilan penalti qo‘yilgan bo‘lardi. Lekin OFK hakamlik yo‘nalishini asosan FIFAga qarab belgilaydi. Bu yerda videoassistentlar bosh hakamning qaroriga qo‘shilmagani uchun VAR ishga aralashdi. Qoidalarda qo‘l nafaqat tabiiy turgan holatda, balki notabiiy holatda ham tana uzunligini oshirish mumkin deb yozilgan. Bunday holatda qo‘l tabiiy holatda tana uzunligini oshirgan, ya’ni, O‘zbekiston termasi futbolchisining qadamiga ko‘ra qo‘li harakatlangan. Shu sababli uning qo‘li yelkasidan tepaga o‘tib ketmagan va cho‘zilmagan. Bunday holatda penaltini bekor qilish uchun asoslar yetarlicha. Lekin Yevropada VAR bunday holatda ishga aralashmasdi", —deya vaziyatni baholaydi ekspert.

Yana bir belgilanmagan penalti

O‘yindagi yana bir bahsli vaziyatga hakamlik borasida ekspert bo‘lmasa-da, o‘zining futbolga oid turli tahlillarini tarmoqda ulashib boruvchi mutaxassis Olimxo‘ja Bo‘ronov tahlil qildi. Uning ta’biricha, O‘zbekiston-Eron uchrashuvining 22-daqiqasida hakam Eron darvozasiga penalti belgilashi kerak edi. Shukurov jarima maydonchasidagi Shomurodovga uzatma berib, darvozaga teskari turgan Eldordan to‘pni qayta qabul qilish uchun yugurayotganida mehmonlar futbolchisi Otabekning oyog‘idan chalib yiqitdi. Eronlik o‘yinchiga to‘pga ulgurmadi. U aynan Shukurovning oyog‘ini bosib oldi. Bu holatni yuqoridagi skrin-suratda ham aks etgan. "Hakam-ku o‘yin tempida vaziyatni yaxshi anglay olmagan bo‘lishi mumkin. Lekin VARdagilar nega buni ko‘rmadi? G‘alati va tushunarsiz", — deb yozadi Bo‘ronov.

Теги :
Jamiyat