$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sud Oliy ta’lim vazirligining da’vosini asossiz deb topdi

i 13 9

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ohangaron tumanlararo sudiga Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha da’vo arizasini kiritgan edi.

12-sentyabr kuni sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, universitet da’vogar (vazirlik) va sudga kerakli barcha hujjatlarni taqdim etgan. Sud litsenziyani bekor qilish bo‘yicha kiritilgan da’voni asossiz deb topgan va universitet foydasiga qaror chiqargan.

Qanday hollarda litsenziya bekor qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining nizomiga muvofiq, vazirlik quyidagi hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin:

  • litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
  • litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
  • litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa;
  • litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan litsenziya bekor qilingan edi.

Теги :
Jamiyat